Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
yig‘lab keldi. — «Rasululloh Rofe’ga ruxsat berdilar, meni esa askarlikdan qaytardilar, 
yo‘q ersa ikkimiz kurashganda, mendan ul yiqilur edi», — dedi. Rasululloh buni onglab, 
bu ikkisini kurashga soldilar. O‘zi degandek, Samura ani kurashda yiqdi. So‘ngra bunga 
ham ijozat berdilar. Madina bolalaridin shu ikki o‘g‘il askarlikka olinib, qolganlari 
qaytarildi. 
Shundoq qilib, Rasululloh kechani shu joyda o‘tkazdilar. Tong sahari bilan qo‘shin 
dushmanga qarab qo‘zg‘aldi. Uhud tog‘i bilan Madina oralig‘ida Shovt degan joydagi 
xurmolik boqqa kelganlarida bomdod namozining vaqti bo‘ldi. Mana shu joyga kelganda, 
munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubay buzuqchilik qilib, o‘ziga qarashlik uch yuz kishi bilan 
Islom askarlaridan ayrilib, Madinaga qaytdi. Bu munofiqning maqsadi askar ichiga 
buzg‘unlik solish edi. Bu ishga bahona qilib aytgan so‘zi shul erdikim: — «Muhammad 
o‘zi chaqirib bizdan kengash so‘radi, so‘ngra yoshi ulug‘, tajribalik kishilarning so‘zlarini 
qoldirib, yosh-yalang, soqolsiz yigitlarning aytganini qildi. Endi ishning og‘irligini 
ko‘raturib, kuchlik dushman qarshisiga chiqib, o‘zimizni o‘limga nechuk tutqaymiz?» — 
der edi. O‘z urug‘-aymog‘idan bir necha sahobalar unga yalinib-yolvorib, yo‘ldan to‘sgan 
bo‘lsalar ham, alarning so‘zlarini qabul qilmadi. Uch mingdan ortiq dushman askariga 
qarshi chiqqan Islom askarining borlig‘i bir ming chamasida edi. Bularning uch yuzi 
munofiqlar bo‘lib, askar safidan chiqib ketdilar. Buni ko‘rib, qolgan askarlar ham buzila 
yozgan edi, lekin ularni Alloh saqladi. Dushman qarshisiga kelgan chog‘larida bu ishning 
bo‘lishi musulmonlarga qattiq ta’sir qildi. Munofiqlarga qandoq chora qo‘llanish haqida 
musulmonlar ikkiga bo‘lindilar. Bir bo‘laklari ularga avval urush ochmoq, so‘ngra 
dushmanlar bilan chopishmoq fikrida bo‘lsalar ham, Payg‘ambarimiz boshliq ikkinchi 
tomonlar ularni hozircha o‘z hollariga qoldirib turmoqni maslahat ko‘rdilar. Mana shu 
munofiqlar haqida shu oyat tushdi: 
«Vallohu arkasuhum bima kasabu»: ma’nosi: «Bu munofiqlar qilgan yomon ishlarining 
sababidan alarni Alloh teskari qilib, iymondin kufrga qaytardi», demakdur. 
Bu oyat engandin so‘ngra u munofiqlar o‘z hollaricha qoldirildi. So‘ngra Islom askari 
dushmanga qarshi yurib, Uhud tog‘iga yetdilar. Dushman o‘ramasidan saqlanish uchun, 
Rasulullohning amirlari bilan Uhud tog‘iga orqalarini berib, dushmanga qarshi saf 
bog‘ladilar. Ammo Quraysh kofirlari bo‘lsa, bu tog‘ qarshisidagi keng soyga kelib 
qo‘ndilar. So‘ngra har ikki tomon o‘z askarining yasog‘iga kirishdi. Dushman askarining 
o‘ng tomonida Xolid ibn Valid turdi. Jovong‘ar (so‘l qo‘lida) Ikrima ibn Abu Jahl turdi. 
Abu Sufyon ham tug‘ bayrog‘i bilan so‘lda turgan edi. Piyoda askarlarga Safvon ibn 
Umayya boshliq bo‘lib belgilandi. Askar qochmasin deb, qo‘shiqchi xotunlarni tashviq 
qilish uchun saf ortiga qo‘ydilar. Rasululloh bularga qarshi askar yasog‘in tuzib, Xolid ibn 
Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo‘ydilar. Islom askari ichida o‘q otar merganlardan 
ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq 
vazifasini unga topshirdilar. Bu ellik mergan askar orqasidagi tog‘ning etagi, belining 
ustiga joylashgan edilar. Bu ishlarning barchasi Rasulullohning ko‘rsatganlaricha 
bajarildi. Rasululloh merganlarga aytdilarkim: «Agar biz dushmanni yengar bo‘lsak, yoki 
ular bizni yengsalar, har holda bu tutmish o‘rningizni qo‘ldan bermagaysiz». Chunki bu 
o‘rin bo‘sh qolgan chog‘da, bir firqa dushman askari shu tomondin kelib chopul etmak 
imkoniyati tug‘ulur edi. Ul chog‘da askarning orqasi o‘ralib, chambar ichida qolish 
mumkin bo‘lganlikdan, Rasululloh bu yerni bo‘sh qoldirmaslikka qattiq topshiriq berdilar. 
Agar otliq dushmanlar shul yoqdin chopul qilur bo‘lsalar, alarga qarshi o‘q yog‘dirishga 
buyurdilar va: «Ot ustida kelayotgan hujumchi askarlar qarshilarida otilgan o‘qlarga 
chidab turolmas», dedilar. So‘ngra askar ustiga kelib, alarning saflarini tuzib, 
to‘g‘irladilar. Chunki mo‘minlarning namozda to‘g‘ri saf bog‘lamoqlari, askarlar urushda 
saflarini to‘g‘ri tuzmaklari — Rasululloh sunnatlaridur. Bundin keyin Payg‘ambarimiz 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish