"Kim yomon amal qilsa, u bilan jazolanadi" (Niso, 123), deyilgan.
Qosim ibn Muhammad Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishidan: "Ko‘p gunohi va
ko‘p amali bo‘lgan kishi ajibroqmi yoki oz gunoh va oz amali bo‘lgan kishimi?" deb
so‘rashdi. Aytdilar: "Salomatlikka hech narsani tenglashtirmayman", ya’ni, ozgina gunoh
yaxshiroq.
Ulamolarning ba’zilari aytadi: "Har bir kam amal qiluvchi itoat bilan amal qiladi, lekin
karim kishi gunohni tashlagan kishidir".
Faqih (r.a.) aytadilar: Alloh kitobida gunohni tark qilish itoat amallaridan afzalligiga dalil
bordir. Chunki Alloh taolo yaxshilikni oxiratga olib kelishni shart qildi va gunohlar
masalasida uni tark etishdan boshqa narsa shart qilinmadi.