Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
 
Aytilishicha, Odamning (a.s.) tavbasi besh xislat tufayli qabul qilingan, shaytoni la’inning 
tavbasi besh xislatga ko‘ra rad etilgan. Odam (a.s.) gunohiga iqror bo‘ldilar va 
pushaymon qildilar, nafsini malomat etdilar, tavbaga shoshildilar va Allohning 
rahmatidan noumid bo‘lmadilar. Iblis, Alloh uni la’natlasin, gunohiga iqror bo‘lmadi, 
pushaymon qilmadi, o‘zini malomat etmadi, tavba qilishga shoshilmadi va Allohning 
rahmatidan noumid bo‘ldi. Kimning holati Odam alayhissalomnikidek bo‘lsa, uning 
tavbasi qabul qilinadi. Kimning holati iblisnikiga o‘xshasa, tavbasi qabul bo‘lmaydi. 
 
Ibrohim Adham (r.a.) aytadilar: "Alloh taologa itoat qilib do‘zaxga kirmog‘im Alloh 
taologa gunoh qilib, jannatga kirishimdan yaxshiroqdir". Bunday deganlarining ma’nosi: 
Agar jannatga kirsa, gunohlari uchun Alloh taolodan hayo qiladi va jannat unga 
ko‘ngilsiz bo‘ladi. Agar Allohga itoat qilib do‘zaxga kirsa, hijolat bo‘lmaydi va undan 
chiqishiga ehtimoli bo‘ladi. 
 
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: "Qattiq sovuqda bir yigitning oldidan o‘tdim. Ismi Utba 
edi, kiyimlari eski, turib nimalarnidir fikr qilarkan, undan ter oqardi. Unga: "Nega bu 
yerda turibsan?" dedim. Aytdi: "Ey ustoz, bu yerda Allohga gunoh qilgan edim". Ya’ni, u 
gunohlarini o‘ylar va Allohdan uyalganidan terlar edi. 
 
Makhul Shomiy aytadilar: "Kim tushagida yotib, o‘sha kuni qilgan ishlarini fikr etsa, 
yaxshilik qilgan bo‘lsa, Allohga hamd aytib, gunoh ish qilgan bo‘lsa, Allohdan mag‘firat 
so‘rasa, yaxshi ish qilibdi. Agar bunday qilmasa, u sarf etib hisob qilmagan, hatto kasod 
bo‘lgan savdogarga o‘xshaydi". 
 
Aytilishicha, Alloh taolo kitoblarining ba’zisida deydiki: "Ey bandam, Men podshohman, 
azaliyman, senga buyurgan narsamga itoat qil va qaytargan narsamdan qayt, hayot 
beraman, o‘lmaysan, ey bandam, Men biron narsaga bo‘l desam, bo‘ladi". 
 
Muhammad ibn Muhayriz aytadilar: "Agar o‘zing yaxshi ko‘rganingga yomonlik 
qilmaslikni uddalasang, qilma". "Birov o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisiga yomonlik qiladimi?" 
deyishdi unga. "Nafsing o‘zingga nafslarning yaxshirog‘idir, azizrog‘idir. Agar gunoh 
qilsang, unga yomonlik qilgan bo‘lasan", dedilar. 
 
Bir hakim zotga: "Menga nasihat qiling", dedi bir kishi. "Rabbinga jafo qilma, xalqqa jafo 
qilma, nafsingga jafo qilma. Rabbinga jafo qilmog‘ing Uning xizmatini tashlab, 
maxluqlarning xizmatiga kirishingdir. Xalqga jafo qilmog‘ing ularni odamlar orasida 
yomonlik bilan zikr qilishingdir. Nafsinga jafo qilmog‘ing Allohning farzlariga dangasalik 
qilishingdir", dedi hakim zot. 
 
Hasan Basriy aytadilar: "Bir gunoh qilgan edim, o‘shanga qirq yildan beri yig‘layman". 
"U qanday gunoh, Allohning bandasi?" deb so‘rashdi. "Meni bir birodarim ziyorat qilgani 
keldi. Unga baliq sotib oldim, undan yedi, so‘ng qo‘shnimning devoriga borib, bir bo‘lak 
kesak oldim va u bilan qo‘limni artdim", dedilar. 
558. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Allohning nazdidagi ulug‘ gunoh 
odamlar nazdida kichik bo‘lganidir. Alloh nazdidagi kichik gunoh odamlar nazdidi katta 
bo‘lgandir". 
 
Faqih aytadilar: Gunohkor gunohini katta deb bilsa, qo‘rqsa, u gunoh Alloh nazdida 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish