Alloh taolo to‘g‘ri yo‘lni bayon qildi va Rasuli karimni ummatiga nasihat qiluvchi o‘laroq
yubordi, u zot sollallohu alayhi vasallam jannat va do‘zax yo‘lini bayon etdilar.
557. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men bilan sizlarning misollaringiz bir olov yoqqan
kishiga o‘xshaydiki, u olovga kapalaklar kelib, o‘zini uradi. Men sizlarni o‘tga
tushmoqlaringizdan qaytaraman", ya’ni, gunohlardan qaytaraman, chunki gunohlar
kishini do‘zaxga olib boradi.