ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr etishdan mashg‘ul qilib qo‘ymas" (Nur,37), so‘zi
xususida rivoyat qilindi: "Bu yerda farz namozlariga hozir bo‘lish haqida aytilyapti.
"Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur" (Sajda, 16), degan so‘zi esa,
tungi namoz haqidadir", dedilar u kishi.
Faqih aytadilar: Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Qiyomat kunida barcha
xaloyiq – insu jin bir tepalikda jam bo‘ladi. Barcha ummatlar cho‘k tushgan holda
saflanadi. Shunda bir nido qiluvchi nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom sohiblarini bilib
olasizlar, Allohga hamma hollarda hamd aytuvchilar o‘rinlaridan tursin". Ular turib,
jannatga ketishadi, keyin yana nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalarini bilib olasizlar.
Yonboshlari o‘rin-joylaridan uzoq bo‘lgan, qo‘rquv va umid bilan Rabbilariga duo qilgan,
biz bergan rizqlardan infoq-ehson etgan zotlar tursin". Ular turib jannatga ketishadi.
Keyin uchinchi marta nido qiladi: "Bugun izzat-ikrom egalari kimligini bilib olasizlar.
Tijorat va oldi-sotdi Allohni zikr etishdan, namozni qoim qilishdan va zakot berishdan
to‘sib qo‘ymagan kishilar tursin". So‘ngra ular ham o‘rinlaridan turib, jannatga ketishadi.
U uch toifa jannatdan o‘z joyini olgandan keyin do‘zaxdan bir bo‘lak o‘t chiqib, xaloyiqqa
yaqin keladi. Uning ikki o‘tkir ko‘zi va so‘zga mohir tili bor. Aytadiki: "Men uch toifaga
vakilman. Jabr beruvchi qaysarlarga vakil qilindim". Keyin saflarning ichidan qush kunjut
donini terib olgandek, u ham odamlarni saralab terib oladi. So‘ng ularni olib jahannam
ichiga yashirinadi. So‘ngra ikkinchi marta chiqadi va: "Men Allohga va rasuliga aziyat
berganlarga vakil qilindim", deydi. Ularni ham saflardan terib oladi va birga jahannamga
yashirinadi. So‘ng uchinchi marta chiqadi..."
Abu Minhol aytadilar: "O‘ylashimcha, u: "Men tasvir ahliga vakil qilindim", deydi va saf
ichidan saralab olib, ular bilan jahannamga yashirinadi. Avvalgi va keyingi uch toifa
olinganidan so‘ng, nomai a’mol tarqatiladi, taroziga qo‘yiladi va odamlar hisobga
chaqiriladi".
Zikr qilinishicha, iblis avvalgi zamonlarda ko‘zga ko‘rinar edi. Bir kishi undan: "Ey Abu
Murra, nima qilsam sendek bo‘laman?" deb so‘radi. Shayton: "Senga voy bo‘lsin, hech
kim bu narsani mendan talab qilmagan edi. Sen qanday talab qilasan?" dedi. Kishi
aytdiki: "Men shuni yaxshi ko‘raman", deb. Iblis unga: "Menga o‘xshashni xohlasang,
namozni yengil bilib, unda dangasalik qil va to‘g‘ri narsaga qasam ichyapsanmi, noto‘g‘ri
narsagami, parvo qilma", dedi. Kishi: "Batahqiq, men Alloh bilan namozni
tashlamaslikka va hech ham qasam ichmaslikka ahdlashdim", dedi. Iblis aytdiki:
"Sendan boshqa hech kim hiyla qilib mendan ta’lim olmagan edi va men Alloh bilan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |