www.ziyouz.com kutubxonasi
170
odamlarga nasihat qilmayman, deb ahdlashgan edim".
Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Allohning mukarram bandalari quyosh va oyga rioya
qiladilar". "Ey Abu Dardo, ular kimlar?" deb so‘rashdi. "Ular muazzinlar va namozining
vaqtiga rioya qiluvchi musulmonlardir", dedilar u zot.
377. Ja’far ibn Muhammad otasidan, u kishi bobosidan (r.a.) rivoyat qiladilar:
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Namoz Alloh taboraka va taoloning
roziligi, maloikalarning yaxshi ko‘radigani, payg‘ambarlarning sunnati, ma’rifat nuri,
imonning asli, duoning ijobati, amallarning qabul bo‘lishi, rizqdagi baraka, badan uchun
rohat, dushmanlarga qarshi qurol, shaytonga yomonlik, o‘lim farishtasi va sohibi
o‘rtasida shafoatchi, qabrda chiroq, tagida to‘shak, Munkar-Nakirga javob, qabrida
qiyomat kunigacha hamroh. Qiyomat bo‘lsa, namoz uning tepasida soyaga aylanadi.
Boshiga toj, badaniga kiyim, oldida harakat qiluvchi nur, sohibi va do‘zax orasida satr
bo‘ladi va u Alloh taboraka va taolo huzurida mo‘minlar uchun hujjatdir. Tarozida og‘ir
sirotdan o‘tishga ijozat va jannatga kirishga kalitdir. Chunki namoz tasbeh, hamd,
tamjid, ulug‘lash, ta’zim va duodir, barcha amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namozdir".
378. Hasan Basriydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytadilar: "Qiyomat kunida bandadan birinchi hisob qilinadigan narsa
namozdir. Agar uni bajarib yurgan bo‘lsa, hisobi yengil bo‘ladi. Agar undan kamaytirgan
bo‘lsa, Alloh taolo maloikalariga: "Bandamning nafl namozlari bormi? Farzlarni nafllar
bilan to‘ldiringlar", deydi. Agar farzlar nafllar bilan to‘lsa, boshqa amallar ham shu kabi
hisob-kitob qilinadi".
Aytilishicha, kim besh vaqt namozni har doim jamoat bilan ado etsa, Alloh taolo unga
beshta xislat beradi: Undan tirikchilik tangligini ko‘taradi; qabr azobini ketkazadi; kitobi
o‘ng tomondan beriladi; sirotdan chaqmoqdek o‘tadi; jannatga hisobsiz kiradi. Besh vaqt
namozni jamoat bilan o‘qishga dangasalik qilgan kishini Alloh o‘n ikki ish bilan azoblaydi:
Uchtasi shu dunyoda, uchtasi o‘lim paytida, uchtasi qabrda va uchtasi qiyomat kunida.
Dunyodagi uchtasi: Kasbidan, rizqidan barakani ko‘taradi; boshqa amallari qabul
qilinmaydi; yuzidan yaxshilik belgilari tortib olinadi va odamlarning qalbida unda g‘azab
qilib qo‘yadi. O‘layotgan vaqtdagi uchtasi: Jonini chanqoq, och holatda va qattiqlik bilan
oladi. Qabrdagi uchtasi: Munkar-Nakir so‘rovi, qabr qorong‘iligi va torligi. Qiyomatdagisi:
Qattiq hisob, Allohning g‘azabi va do‘zaxda qattiq azob.
Mujohiddan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga keldi va: "Ey
Abbosning o‘g‘li, siz kechalari namoz o‘qigan, kunduzi ro‘za tutgan, lekin jum’aga va
jamoatga bormagan, keyin shu holatda o‘lgan kishi to‘g‘risida nima deysiz, u qaerda
bo‘ladi?" deb so‘radi. Ibn Abbos (r.a.): "U do‘zaxda bo‘ladi", dedilar. U odam bir oy shu
to‘g‘rida so‘radi. Ibn Abbos: "U do‘zaxda bo‘ladi", deb javob beraverdilar".
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: "Shunday zamon keladiki, Islomning ismigina qoladi,
Qur’onning rasmigina qoladi. Odamlarning u kundagi masjidlari obod, baland, lekin
hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi, ularning olimlari u vaqtda osmon ostidagi eng yomon
olimlardir, fitna o‘sha olimlardan chiqib, yana o‘zlariga qaytadi".
Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Allohdan hojatlarni so‘rashga namoz kabi boshqa yaxshi
ibodat yo‘qdir. Avvalgilar katta g‘amlarini namoz bilan ketkazar edi, qaysi biriga g‘am
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |