Makkalik kelinchak
(quddisa sirruho)
Shayx Muhammad Zohid Qo‘tqu (quddisa sirruhu) aytadiki: Makkai Mukarramada
eshitganim va o‘qiganim bir hodisani qisqacha naql qilay: “Hijratning 200 yilida Xuroson
taraflarga kelgan bir mujohidlar qo‘shinidan – nomini unutdim – bir yosh ayolning eri
ham shahid bo‘lgan. Bu xabarni eshitib ayol ko‘p qayg‘urgan. Bir kecha u tushida erini
shahid birodarlari bilan birga nihoyatda go‘zal bir chamanzor yerda ovqatlanayotgan
holda ko‘rgan. Eri ham xotinini ko‘rib, uni dasturxon qoshiga chaqirgan. Ayol borib noz-
ne’mat to‘la dasturxondagi ovqatdan bir luqma olib yegan va shu asnoda uyg‘ongan.
Shundan so‘ng bu ayol o‘ttiz yil yashagan, ammo dunyo noz-ne’mat, ovqatlaridan aslo
totmagan. Uning bu holiga ishonmagan va hayratlangan ba’zi ulug‘lar ayolni qamab
qo‘yib, qo‘riqchi tayin qilganlar. Oylarcha kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘lganki,
ayol yemasa-ichmasa ham, sihat-salomatligiga, kuch-quvvatiga zarracha zarar
kelmagan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |