Oti noma’lum boshqa bir ayol
(quddisa sirruho)
Ma’rifat ilmida sulton qutbul-zamon Shayx Zunnun Misriy (quddisa sirruhu) suv bo‘yida
tahorat olar ekan, narigi tarafdagi bir ko‘shkning derazasidan qarab turgan – ajib liboslar
kiygan go‘zal bir ayolga ko‘zi tushdi.
“Kimsan?” degan edi, uning so‘zidan taajjublangan go‘zal: “Ey Zunnun! Seni uzoqdan
ko‘rib, eslik olim degan edim. Yaqinga kelib menga qarading, gap-so‘zlaringni eshitdim.
Dali (devona), johil bir kishi ekansan. Haqni bilmas ekansan!” dedi. Zunnun: “To‘g‘risini
aytsam, bu so‘zlaringni tushunmadim”, dedi. Ayol: “Dali bo‘lmasa eding, yerga
tahoratsiz oyoq bosmas eding; olim bo‘lsang eding, nomahram yuziga boqmas eding;
agar orif bo‘lsang eding, ko‘zing boshqa yoqda bo‘lmas edi…” dedi va ko‘zdan g‘oyib
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |