Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
13
Muxtoriyatli hukumat “El bayrog‘i” gazetasini nashr etadi, moliya ishini muvofiqlashtirish uchun 
30 million so‘mlik zayom chiqaradi, o‘z milliy armiyasini yaratishga kirishadi, xalq militsiyasini 
tashkil etadi. Militsiya boshlig‘i lavozimiga Ergash Qo‘rboshi tayinlanadi. Shu o‘rinda Ergash 
Qo‘rboshi nomi bilan bog‘liq bir masalaga munosabat bildirib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi: tarixdan 
ma’lumki, tinchlik, ozodlik harakati jabhasida Ergash nomli ikki shaxs faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 
har ikkisi xam Qo‘qonning Bachqir deparasidan. Biri Katta Ergash, ikkinchisi Kichik Ergash degan 
nom bilan mashhur. Bizga tanishish nasib etgan barcha manbalarda militsiya boshlig‘i lavozimiga 
Katta Ergash tayinlanganligi ta’kidlangan holda, turk jurnalisti Ali Bodomchi qalamiga oid “1917—
1934 yillarda Turkistonda milliy-istiqlol harakatlari va Anvar Poshsho” asarida, hukumat e’lon 
qilingandan bir necha kun keyin Qo‘qon qo‘rboshisi Kichkina Ergashbek Ijroiya qo‘mitasining qarori 
bilan poytaxt “Qo‘qon” jandarmi qo‘mondoni va militsiya mudiri etib tayinlanadi”, degan yozuvni 
uchratamiz. Bu ma’lumotni uchratgach, manbalarni yana bir bora ko‘zdan kechirib chiqishga to‘g‘ri 
keldi. Va nihoyat, mahalliy manbalarga suyanib, Ali Bodomchi bir oz yanglishgan deb hisoblayman, 
hamda otam Muhammad Said shuningdek, bugunda yuz yoshni qarshilagan Jo‘raxon To‘ra otalarning 
guvohlik berishlariga qaraganda ham yuqoridagi fikrimizning to‘g‘riligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. 
Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va boshqaruv tizimi turli adabiyotlarda turlicha yoritiladi.  
Muxtoriyat tashkil topgan kunlardan boshlaboq sovetlar unga qarshi shiddatli hujum boshladi. 
Hujum moliya jabhasida boshlandi: Turkiston Xalq Komissarlari Soveti Turkiston muxtoriyatiga 
aloqador va unga hayrixoh bo‘lgan boylarning mol-mulklarini musodara etish haqida topshiriq berdi. 
Qo‘qon soveti raisi Babushkin muxtoriyatni beshigidayoq bo‘g‘ib tashlash maqsadida Farg‘ona va 
Toshkentga murojaat qilib, “shaharni himoya qilish” uchun harbiy yordam so‘radi. Skobelev (hozirgi 
Farg‘ona) shahri hokimi Doriomedovning qarshiligiga qaramay, Farg‘ona soveti qarori bilan shahar 
harbiy drujinasi boshlig‘i K.Osipov 120 askar, 4 zambarak, 4 pulemyot bilan Qo‘qonga yetib keldi. 
Ko‘p o‘tmay Samarqand, Qizilqiya drujinalari shaharga kirib keldi. Shahar ichida muxtoriyatchilar 
bilan bolsheviklar o‘rtasida jang boshlangach, 18 fevralda Turkiston o‘lkasi harbiy komissari 26 yoshli 
Ye.Per’filev shahar temir yo‘liga 11 eshelon piyoda, otliq va artileriya qismlari bilan kirib keldi. 
Konibodom bekatida ularga arman dashnoqlari otryadi qo‘shildi. O’zlarini Dashnoqlar deb atashgan
1915 yilda turk-arman qirg‘ini sababchilaridan biri, Dashnaktsutyun millatchi partiyasining   bir qismi 
Turkistonga kelib o‘rnashadi. 1918—1920 yillarda Armanistonda hokimiyatni egalladi. Karaks va 
Erivanda musulmonlarni qirg‘in qildi. Bolshavoylar 1918 yilda shulardan foydalanib, birgalikda 
Qo‘qonda, umuman vodiyda qirg‘in o‘tkazdi. Natijada istiqlolchilarga qarshi kurash niqobi ostida tinch 
aholidan 35.000 kishi qirib tashlandi, mol-mulki esa talon taroj qilindi. Turor Risqulov, Sa’dullaxo‘ja 
Tursunxo‘jaev, Nizomiddin Xo‘jaev kabi rahbarlarning talabi bilan 1919 yil 16 iyulda Turkiston MIK 
buyrug‘i bilan bu partiya tarqatib yuboriladi va qurolsizlantiriladi. Armanistonda ham bu partiya 1921 
yilda taqiqlangan. 
19 fevral kuni Ergash Qo‘rboshiga ultimatum yuborilib, uch soat ichida qurol-yarog‘ni tashlab, 
taslim bo‘lish talab etiladi. Ergash qo‘rboshi bu talabni bajarmasligini bildirib, rad javobi yubordi. 
Ye.Per’filev barcha zambaraklardan Qo‘qon aholisi ustiga o‘t ochishni, shu jumladan, yondiradigan 
snaryadlardan foydalanishni buyurdi. Eski shahar tamomila vayron bo‘lib, o‘t ichida qoldi. Uning 
buyrug‘i bilan ro‘para kelgan odamni otib tashladilar, koshonayu obidalar vayron qilindi. Do‘konu 
banklar talon-taroj  qilindi. Ayniqsa, arman dashnoqlari xonadonlarga bostirib kirib, cholu kampir
bolalarni ham ayamadilar, bolalarni joduga solib qirqdilar. Turkiston xalqining ashaddiy dushmani deb 
nom olgan A.T.Karavaytsev o‘z esdaliklarida “arman dashnoqlari qirg‘inni haddan oshirib yuboribdi”, 
deb yozishdan boshqa iloji topolmaydi. 
20 fevral kuni vayron bo‘lgan shaharga piyoda qo‘shinlar va dashnoq jangarilar kirib keldilar. 
Xalqning o‘sha kungi ahvolini tasvirlashga til ojizlik qiladi. Xonadonlar talandi, ayollar zo‘rlandi, 
erkaklar o‘ldirildi. Dashnoqlar miltiq o‘qini “ayab”, odamlarni qilich bilan chopib, pichoq bilan 
bo‘g‘izlab tashlar edilar. Yaxshisi, ushbu mudhish voqealar guvohlariga so‘z beraylik. O’sha paytdagi 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish