Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
11
ettirdilar. 
TURKISTON MUXTORIYATI 
1917 yil fevral inqilobidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan vaqtli hukumat Rusiyaning rus 
bo‘lmagan xalq va mamlakatlariga katta huquqlar bergan bo‘ldi. Chekka o‘lkalarda jonlanish yuz 
berdi. Turli milliy tashkilot, uyushma, firqalar tashkil topa boshladi. “Shuroyi Ulamo”, “Shuroyi 
Islomiya”, “Ittihod va taraqqiy”, Turon adami markaziyat firqasi (Federalchilar firqasi), Yosh 
buxoroliklar, Yosh xivaliklar hamda bolsheviklar ta’siridagi “Musulmon mexnatkashlari soyuzi” 
shular jumlasidandir. 
Shu yil yoz oylarida Davlat dumasiga saylov oldidan nomzodlar ko‘rsatish uchun ro‘yxatlar tuzildi, 
bolsheviklar ta’siridagi nomzodlar 4-ro‘yxatga, mustaqillik tarafdorlari esa 8-ro‘yxatga qayd etildilar. 
Ro‘yxatlar tuzilgach, saylovchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qo‘qon Jome’ masjidida bo‘lib 
o‘tgan uchrashuvda har ikki ro‘yxat tarafdorlari o‘rtasidagi munozara qon to‘kilish bilan yakunlandi. 
Shu kundan e’tiboran xalq og‘zida bolsheviklar tarafdorlari “to‘rtinchilar”, mustaqillik tarafdorlari esa 
“sakkizinchi” deb nom oldilar. Qismat va vaqt to‘lqinlari “sakkizinchi” degan nomni oqizib ketdi, 
biroq, “to‘rtinchi” degan nom ulkan xarsangdek daryo o‘zanida, ya’ni odamlar xotirasida hali-hali 
saqlanib qolgan. 
Turkistonni mustaqil, juda bo‘lmaganda muxtoriyatli davlatga aylantirish fikri XX asr 
boshlaridayoq jadidlar va ma’rifatparvarlarning “gap“ ziyofatlarida asosiy mavzuga aylangan edi. 
Biroq, podsho oxrankasi (siyosiy politsiyasi) dan cho‘chib, bu fikrlarni qog‘ozga tushirmagan edilar. 
Fevral inqilobidan so‘ng bu haqda jiddiy bosh qotira boshladilar. “Turk adami markaziyat 
(federalchilar) firqasining maromnoma (dastur)ida bo‘lajak muxtoriyatli hukumatning tuzilishi, 
faoliyati aniq belgilab berildi. Bu dastur zamonasining eng xalqchil, demokratik dasturlaridan biri 
ekanligi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etildi. Dasturni tuzishda Qo‘qondan Kamoliddin qozi 
Rahmonberdi o‘g‘li, Obidjon Mahmud o‘g‘li, Andijondan Mullo Nuriddin a’lam, Mirzo 
Abduqodirbek, Iskobildan Mirodil Mirzo Ahmad o‘g‘li, Toshkentdan Munavvar qori Abdurashid 
o‘g‘li, Samarqanddan mulla Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa ko‘zga ko‘ringan jadidlar ishtirok 
etdilar. Maskov bilan aloqador savdogarlar va jadidlar muxtoriyatli hukumat tuzish borasida muvaqqat 
hukumatning fikrini olishga harakat qildilar. Ularning hukumatdagi tanishlari bu masalani yaqin orada 
o‘tkazilishi kutilayotgan, Rossiya taqdirini hal etishga vakolati bo‘lgan Ta’sis majlisiga qo‘yishni 
maslahat berdilar. Agar Ta’sis majlisi bo‘lib o‘tsa, Rossiya Ovro‘poning ilg‘or mamlakatlari izidan 
borib, ularning idora usulini qabul qilar, “proletariat diktaturasi” haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas 
edi. Buni tushunib yetgan Lenin boshliq bolsheviklar va sotsial revolyutsiyachilar (eserlar) firqalari 
Ta’sis yig‘ilishi chaqirilguncha hokimiyatni qo‘lga olishga harakat boshladilar va 1917 yil 25 oktyabr 
(7 noyabr)da bunga erishdilar ham. Ishchi-dehqon hukumatining eng dastlabki yuridik hujjatlari sulh 
va yer xaqidagi dekretlar edi. Bir necha kun o‘tib, 15 noyabrda esa Rossiya Xalq Komissarlar Soveti 
raisi Lenin va Millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissari Stalin imzo chekkan “Rossiya xalqlari 
huquqlari deklaratsiyasi” e’lon qilindi. Unda jumladan, shunday satrlar bor:  
1. “Xalq komissarlari Soveti Rossiya millatlari haqidagi masala bo‘yicha o‘z faoliyatiga 
quyidagilarni asos qilib olishga qaror qildi: 
2. Rossiya xalqlarining ajralib chiqish va mustaqil davlat tashkil etishgacha bo‘lgan o‘z taqdirini 
o‘zi belgilash huquqi. 
3. Barcha milliy va milliy-diniy imtiyozlar va cheklanishlarni man etish huquqi...” 
Inqilob (to‘ntarish) rahbarlari, jahon afkor ommasi e’tiborini chalg‘itish maqsadida ushbu 
bayonnomani e’lon qilib qo‘yib, uning asosida millatlarning ajralib chiqib ketishidan qo‘rqib, bir necha 
kun o‘tgach ajralmaslikni so‘rab “Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga 
murojatnoma”sini e’lon qilishga shoshildilar. Ular shu tariqa murojaat qiladilar:  


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish