www.ziyouz.com
кутубхонаси
69
uchrashtirdi. Mirzo qabul vaqtida bo‘lgan gap-so‘zlarni bayon qilib, elchilar noma’lum muddatga
zindonband qilinganini so‘zlab berdi va so‘zi oxirida “— Ular hali beri zindondan ozod bo‘lmasalar
kerak,” — deb qo‘shib qo‘ydi.
Mirzo chiqib ketgach, choyxona xo‘jayini, Sotiboldi Karvon va Xayrulloxon Ponsod “harbiy
kengash” qurishdi. Maslahatga ko‘ra, zindondagilardan choyxona xo‘jayini va Karvon xabar olib, osh-
suv kiritib turadigan bo‘ldilar. Xayrulloxon Ponsod esa Shermuhammadbek huzuriga qaytib, bo‘lgan
voqealarni yetkazdiradigan bo‘ldi.
Farg‘onaga Sharqiy Buxoro va Qorategin orqali qaytish yakka yo‘lovchi uchun xavfli. Shuni
nazarda tutib, Ponsod Kogon bekatida poezdga o‘tirdi. Ursatevsk (Xovos) bekatida poezddan tushib,
Farg‘ona tomonga yuradigan poezdni kutib turganda qo‘lga tushib qoldi: Toshkentdan vodiyga
ketayotgan harbiy eshelon bekatga kelib to‘xtadi. Vagondan oyoq yozib olish uchun tushgan kichik
komandirlardan biri Xayrulloxon Ponsodni ko‘rib, unga bir oz tikilib turdida, vagonga qaytib chiqib
ketdi. Ko‘p o‘tmay qurolli jangchilar bilan tushib, Ponsodni qo‘lga oldi va eshelon qo‘mondoni
vagoniga olib bordi.
— Nima gap, Chervyakov, — so‘radi qo‘mondon, — bu odam kim?
— Ko‘rshermatning katta komandirlaridan biri.
— Qanday taniding. Balki o‘xshatayotgandirsan.
— Tanimay bo‘ladimi, o‘rtoq qo‘mondon, bu odam bilan janglarda bir necha bor to‘qnash
kelganman. Toshkentga, gospitalga ketishimga ham shu odam sababchi bo‘lgan, — gimnastyorkasini
yechib, yelkasidagi chandiqni ko‘rsatar ekan, so‘zida davom etdi, — mana bu chandiq uning qilichi
zarbidan.
Qo‘mondon maxsus bo‘lim boshlig‘ini chaqirtirib, Ponsodni unga topshirdi. Maxsus bo‘lim
xodimlari uni o‘z vagonlariga olib borib so‘roqqa tutdilar. Xayrulloxon Ponsod shunchalik gapni
aylantirib, Chervyakovning da’volarini rad etishga harakat qilsa ham bo‘lmadi. Uni Toshkentga
ketayotgan poezdga olib chiqdilar. Toshkentda bir necha bor so‘roq qilinib, O’rdada joylashgan
garnizon gauptvaxtasiga qamadilar. Ikki oy yotib, bu yerning past-balandini bilib, mahbuslar bilan
tanishib, ishonchli odamlar bilan til biriktirib, qochishga tayyorgarlik ko‘rdilar. Nihoyat, garnizonda
xizmat qiladigan farroshlar yordamida qochishga muvaffaq bo‘ldilar. Endi poezdga ishonmay, o‘n ikki
mahbus toqqa chiqib ketdilar. Ovchilar, cho‘ponlarning yordami bilan Chotqol orqali Oqtovga o‘tib,
bu yerlarda faoliyat ko‘rsatayotgan Orzimat Qo‘rboshi qarorgohiga yetib bordilar. Qo‘rboshi ularni
mehmon qilib, kiyintirib, qurol-yarog‘ berib, bir qancha yigitlarini hamroh qilib vodiyga kuzatib
qo‘ydi.
Shermuhammadbek Buxoroda bo‘lib o‘tgan voqealarni eshitib, qattiq xafa bo‘ldi: elchilarning
qamalib qolishiga bir qayg‘ursa, amirning elchilarga va umuman, milliy-ozodlik harakatiga bo‘lgan
munosabatidan ikki qayg‘uradi.
Bir oz olg‘a ketib bo‘lsada, elchilarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot berib o‘tishga to‘g‘ri
keladi. Elchilar zindonband qilingan paytda Afg‘oniston hukumatining muxtor elchisi Abdul
Shukurxon Buxoroda edi. Afg‘onistonga qaytgach, Farg‘ona elchilarining zindonga solinganini ham
o‘z hisobotida eslatib o‘tdi. Afg‘oniston hukmdori Omonulloxon bu voqeaga taassuf bildirib, elchilarni
ozod qilish masalasini amir oldiga qo‘yishni o‘z musulmonlik burchi deb bildi. Abdul Shukurxon
Buxoroga qaytadigan vaqti yetgach, Omonulloxon Sayid Olimxonga maxsus maktub yozib, elchiga
topshirdi. Shukurxon Buxoroga yetib kelgach, boshqa ayrim hujjatlar qatorida shohning maktubini
ham topshirdi. Maktub mazmuni quyidagicha edi:
“Ikki dunyo ko‘rki, Buxoro saltanati hukmdori, musulmonlar amiri, sayyodatmaob Qutb-ud davla
Sayid Muhammad Olimxon Bahodurxon binni Sayyid Abdulaxadxon Hazratlariga!
...Amir hazratlari, eshitishimizga ko‘ra, Farg‘ona elchilari sizga nisbatan beodoblikka yo‘l qo‘yib,
zindonband bo‘lmish ekanlar. Ularning Sizga nisbatan qilgan beodobligi sababi va tafsiloti bizga
qorong‘u bo‘lsada, Sizday adolatpanohning behudaga jazolamasligi bizga ma’lum. Shunday bo‘lsada,
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |