Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
229
pisillagan o‘sha eski uy — otasidan qolgan yolg‘iz xotirani qo‘msab bormaganda, 
bilmadim, uni shu ko‘chada yurgan boshqa yovuzlardan farqi qolmasmi edi! Lekin u ham 
tirik inson, ojiz banda ekanini biz og‘ir xastalikka chalinib, mungli bir qiyofaga kirganida, 
qo‘li qisqaligini sezib qolganida yaqqol ko‘ramiz. Ayniqsa, Asadbekning o‘sha xastalik 
boshlanganda ko‘rgan tushi, ruhi shodlar va qabr azobini tortayotganlar diyorida kezib
onaizorining «oh»ini eshitib, qabri ustida olov tillarini ko‘rishi, xasta Samandarni, otasini 
uchratishi, ular bilan muloqotlari shunaqa jonli, ishonarli tasvirlanganki, o‘qib 
lazzatlanasiz. Muallif bizni Asadbek qalbining qahrdan xoli, armon to‘la 
puchmoqlarigacha yetaklab kiradi. 
«— Ada, — deb ajablanadi Asadbek. — Siz ham shu yerdamisiz? 
— Hammamiz birgamiz, toychoq, — deydi otasi jilmayib. 
— Yaqinda men ham kelsam kerak, — deydi Asadbek. 
— Kelasan... Men kutyapman. Senga chena yasab qo‘yibman... chenada uchishni 
sog‘indingmi? 
— Sog‘indim, ada. 
— Bolam, qiynalib ketdingmi? — deydi onasi. 
— Qiynaldim, — deydi Asadbek. 
— Kela qol, adang... yog‘och chena yasabdilar o‘zlari. 
Asadbek atrofga alanglaydi. Chena ko‘rinmaydi. Ba’zi qabrlar ustida charx urayotgan oq 
qushlarga ajabsinib qaraydi. 
— Bular qanday qushlar? — deb so‘raydi. 
— Bular... ruhlar... u dunyoda solih farzand qoldirganlar. 
— Siznikida olov ko‘rdim?.. 
— Oh, bolam... sen qabr azobi nima ekanini bilmaysan... 
— Sizlar bu dunyoda halol yashadingiz, umrlaringiz azob bilan o‘tdi. Yana qanday 
azob?.. 
—...Solih farzand — amali... 
—...Nima bu?.. 
Onasi javob o‘rniga «oh!» deb qo‘yadi. 
Qabriston etagida oq tuyalar ko‘rinadi. Tuya karvoni asta yurib, qabristonni tark eta 
boshlaydi. 
Oq tuyalar ketishyapti, — deydi onasi afsus bilan. 
— Ularni qaytarish kerak, — deydi otasi. 
— Mozorlarimizdan avliyolar ketib qolishyapti. Odamlardan iymon ko‘tarilyapti. 
Asadbek avval ham eshitib edi bu gapni... Manzura aytib edi. Onasi ham aytyapti. 
— Tuyalarni qaytaraman, — deydi Asadbek. 
— Qaytarolmaysan, — deydi otasi...» 
Keyin Asadbekning atay Krasnoyarga — otasi tutqunda yotgan joylarni izlab borib, ovloq 
o‘rmon chetidagi mozoristondan qabrini topib, ziyorat etishi— uncha-muncha dunyo 
ko‘rgan, dunyo kezgan farzandlarning ham xayoliga kelmagan ish. U shu jihatlari bilan 
ham o‘z zamondoshlaridan bir pog‘ona yuqori turadi. Qalbi ham ayrim paytlari yumshab 
ketadi, olijanob ishlarga qodirday ko‘rinadi-yu, qalbiga bir vaqtlar tuxum qo‘yib ulgurgan 
yovuzlik uyg‘onib ketganda tamomila sitamkor va qasoskorga aylanadi. Uning Muhiddin 
otaga aytgan gaplarini eslang. 
«Men namoz o‘qimasam ham Xudodan qo‘rqadigan insonman. O‘lganimdan so‘ng 
do‘zaxda kuyishimni bilaman. Sizni bilmayman-u, ammo men sho‘ro hukumatidan 
butunlay noroziman. Do‘zaxda avval shu hukumat kuyishi kerak!» deydi u. Asadbek 
qanaqa murakkab shaxs ekani xuddi mana shunday nozik pallalarda butun bo‘y-basti 
bilan ko‘rinib ketadi. Uning tabibdan shifo istab borganida (xuddi Zelixon singari) 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish