www.ziyouz.com
kutubxonasi
131
— Maskovdan odam kelibdi.
— Kecha qamashsa men nima uchun bugun eshityapman?
— Avval so‘rab-surishtirib...
Asadbek Krasnoyarga vagonda musallas yuborayotgandayoq ishi to‘mtoq bo‘lishini
sezgan edi. Sezsa-da, tavakkal qilib edi. Sharif Namozov deyarli hech narsa bilmaydi,
demak sotgisi kelgan taqdirda ham eplab sotolmaydi. Demak, kaltak o‘zining boshida
sinaveradi. Shunday bo‘lsa-da, Moskvadan odam kelishidan xavotirga tushgulik...
— So‘rab-surishtirib... Nimani surishtirding? — dedi Asadbek zarda bilan.
— O‘sha oxirgi vagonning ishkali chiqqanga o‘xshaydi,— dedi Chuvrindi aybdor bolaning
ovozi bilan.
— Sharif nima debdi? Gullabdimi?
— Bilmayman. Maskovlik chumakariga o‘xshagan xotin ekan. O‘zining odamlari bilan
kelibdi. Biznikilarni yaqinlashtirmabdi.
— Sharif hozir qaerda?
— Yerto‘lada.
— Odam top.
— Bo‘lmaydi-yov...
— Qilich qaerda, dumini qisib qochvormadimi?
— Yo‘q, uning parvoyi palak. «Xavotir olmanglar, ish puxta bo‘lgan, ketsa faqat
Sharifning o‘zi ketadi», deydi.
— Ko‘zdan qochirma uni. Sal aynisa, Hosil akasining izidan jo‘natvor.
— Ha, akasini zeriktirmasin, — dedi Kesakpolvon hojasining fikrini ma’qullab. — Urug‘-
aymog‘i bilan quritish kerak. Buni menga qo‘yib ber. Yana bir gap: prokuror bolani ham
o‘tqizib qo‘yishibdi.
— Qaysi prokuror bola?
— Oyog‘imiz ostida bir o‘ralashuvdi, esingdami? Mahmudni ham so‘roqqa chaqirib, duch
kelgan teshikka tumshug‘ini tiqyatuvdi.
— Uni nimaga qamashibdi?
— Sharifga aloqasi bormishmi-ey...
Asadbek «Sen aniqroq bilasanmi?» deganday Chuvrindiga qaradi.
— Qilich Sharifni qamatganida ish shu bolaning qo‘lida edi, — dedi Chuvrindi izoh berib.
— Bir narsadan gumonsirashgandir.
Asadbek uchun bu yangilik xavotirliroq bo‘ldi. Dastlab arzimasday ko‘ringan bu o‘rama
faqat Sharif Namozovni emas, balki boshqalarni ham o‘z domiga tortishi mumkin
ekanligi endi aniq edi.
— Maskovlikning afti-angorini ko‘rdingmi, o‘zing?
— Ko‘rmadim, — dedi Chuvrindi.
— Afti-angorini nima qilasan, jig‘ildonini ko‘rish kerak, — dedi Kesakpolvon.
— Jig‘ildoni nahangnikiday bo‘ladi-da, — dedi Chuvrindi.
Asadbek a’yonlarining gaplariga e’tibor bermay bir oz o‘yga toldi. So‘ng bir qarorga
kelib, Chuvrindiga qaradi:
— Mahmud, payiga tush. Yana kavlab-kavlab Qilichga osilmasin. Agar Qilich ilinib qolsa,
chatoq bo‘ladi.
— Qilichning ilinishini kutib o‘tiramizmi? Uni bir yoqli qilish kerak.
— Hozir emas.
— Sen bir narsani bilmaysan. Menga G‘ilay aytdi. U xunasa qamoqda o‘tirganida ham
Hosilning oyog‘ini yalab yurgan.
— Hozir emas, deyapman! — Asadbek zarda bilan gap boshlab, keyin o‘zini bosdi. —
Hozir Qilichni yo‘qotsang, maskovlik xitlanadi. Mahmud, Qilichning yoniga ishonchli
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |