www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
Bergerning mo‘ljalicha, Kozlov yuborgan pul davlatga topshirilgan taqdirda vinzavod
boshqonidan tortib olingani o‘zining hamyoniga tushishi kerak edi. U, garchi bu
yerdagilarni «professional layoqatsizlik»da ayblayotgan bo‘lsa-da, Moskvada Xongirey
tomonidan berilgan ma’lumot soxta ekanini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Yaqinda salaflari
qopchiqlarini to‘ldirib ketganlaridan xabardor Berger o‘zining safari ham shunday
tugashiga amin edi. Hozirgi savolidan so‘ng Sharifning o‘ylanib qolganini ko‘rib «Ilindi!»
degan fikrda ichdan quvondi.
Yo‘q, Sharif «ilinmagan» edi. «Kozlov» deganini qachondir, qaerdadir eshitgan edi. U
«Kozlovni kimdan eshitgan edim?» deb eslashga urinayotgandi. Ha, esladi! Qilich
Sulaymonov yigirma kunmi, bir oymi avval «Krasnoyarda Kozlov degan xaridorimizning
so‘raganini beraylik» degan edi. O‘shanda Sharif «Ularning limiti yo‘q», deganida Qilich
Sulaymonov «Limitni bizga qo‘yib bering» degan edi. «Bu xotin o‘sha Kozlovni
aytyaptimi? Kozlovga vino yuborilgan ekanmi? U menga ikki million so‘m beribdimi?..»
— Xo‘sh? Namozov, men sendan javob kutyapman!
— Nima so‘radingiz?
— Namozov, o‘zingni merovlikka solma. Agar bu to‘nka miyang ishlamayotgan bo‘lsa,
ishlatadigan usullarimiz bor!
— Merovlik qilayotganim yo‘q, savolingizni tushunmadim.
— Nimasiga tushunmayapsan: Kozlovdan olgan pullaringni mana bu yerga qo‘y! —
Berger shunday deb dumaloq stol ustini ko‘rsatdi.
— Kozlov? — Sharif bir zum sukut qildi. — Tanimayman bunaqa odamni.
— Tanimaysanmi? Kozlovni, Aleksey Petrovichni-ya? Krasnoyarskka necha tonna vino
yuborganingni ham bilmaysanmi?
— Jo‘natish bilan men shug‘ullanmayman. O‘rinbosarim bor.
— Qalbaki hujjatlarga ham o‘rinbosaring imzo chekkanmi? Sen menga cho‘pchagingni
aytma, Namozov! — Berger shunday degach, Nasibaga qaradi: — Namozova, sen hech
eringga xiyonat qilganmisan?
— Nima?
Nasiba uning savolini tushunmadi. Berger savolni aniqlashtirdi:
— Begona erkak bilan bo‘lganmisan?
— Voy... nimaga... — Nasiba ruschalab tushuntirolmay: — Voy, sharmanda, — deb
qo‘ydi.
— Namozov, xotiningni begona erkak bilan bo‘lganini ko‘rganmisan?
— Yo‘q, — dedi Sharif uning maqsadini anglamay.
— Hozir ko‘rasan. Aytsang — aytding. Aytmasang, xotining bilan shu yerda, ko‘zing
oldida ketma-ket maishat qilishadi.
— Mening boyligim yo‘q, bor narsam — ko‘rib turganingiz. Ishoning, Kozlovni ham
tanimayman... — dedi Sharif yalinchoq ohangda.
Berger uning gaplarini tinglashni ham istamadi.
— Vlad, boshla. To‘rtta tuqqan bo‘lsa ham, ko‘rinishi qizdek. Qora xotinlar zo‘r bo‘ladi,
deb eshitganman.
Bergerning amrini so‘zsiz bajarishga o‘rgangan keng yelkali yigit Nasibaga yaqinlashib
quchoqlab oldi. Kuchli panjalar ayolning ko‘kraklarini siqdi. Nasiba ham tan og‘rig‘iga,
ko‘proq nomus og‘rig‘iga chidolmay dod deb yubordi. Sharif xotinini ajratishga intilgan
edi, Berger o‘rnidan sapchib turib, yo‘lini to‘sdi-da, ikki choti orasini mo‘ljallab qattiq
tepdi. Sharif bukchayib qoldi, nafas olishi qiyinlashdi.
— To‘xta, — dedi Berger Vladga, — o‘ziga kelib olsin. Bo‘lmasa tomoshaning qizig‘i
qolmaydi. — Berger Nasibaga yaqinlashib, yuziga yengil shapati urdi: — Namozova, sen
qarshilik qilma, o‘zing yechin. Men xohlagan ish baribir bo‘ladi. Men «Yigitlar maishat
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |