Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
oladilar? Bu savol uyg‘ongan damda yashirin bir ovoz «hech qachon!» deb javob beradi. 
Ana shunda Zohid bu ovozni bo‘g‘adi, adolat gulini topmoq ishonchini so‘ndirmaydi. 
Uning bu ishonchi uzoq davom etuvchi xastalikka o‘xshaydi — o‘lib o‘la qolmaydi, 
jonlanib, jonlanmaydi. Ishonchi o‘lib qola qolsa edi, u haqsizlik to‘qayzorini butunlay tark 
etib, umidini shu yerning o‘ziga dafn qilib qutular edi. 
Bugun ko‘rgan-kechirganlari uning ishonchini yana o‘lim to‘shagiga qulatdi. U zindon 
nima ekanini, zindon azobi qanday bo‘lishini bilmaydi. Lekin xonasi hozir unga zindon 
kabi tuyuldi. Devorlar o‘rnidan siljib, xona torayayotganday, uni ezayotganday bo‘ldi. 
Yana bir oz shunday tursa, ruhining azoblanishiga chiday olmasligini fahmladi. Xayolini 
nima bilandir chalg‘itishi lozimligini angladi. Bu xonada xayolini chalg‘itishning yagona 
yo‘li — joyiga o‘tirish, Said Qodirovning aytganini bajarish — yuqoriga arznoma yozish. 
Shu yumush o‘ziga ham ma’qul kelib, joyiga o‘tirgach, qog‘oz oldi-yu, yoza boshladi. 
Vujudini ezayotgan hasratlari harflarga aylanib, qog‘ozga tushdi-yu, sal yengil 
tortganday tuyuldi. Said Qodirovga qo‘ng‘iroq qildi. U tomondan javob bo‘lmagach, 
rahbari bergan «Ish»ni hafsalasizlik bilan varaqlay boshladi. «Ish 

... Botirov Shokir... 
1986 yili 21 dekabr kuni balog‘atga yetmagan qizni zo‘rlagan. O‘zbekiston SSR jinoyat 
protsessual Kodeksining 94-moddasi... O‘n bir yil muddatga ozodlikdan mahrum 
etilgan... Prokuror o‘n besh yil so‘ragan... Jinoyatchilar to‘rt kishi bo‘lgan... Sud esa 
birgina Botirovni hukm etgan... Botirov muqaddam, 1980 yilda O‘zSSR jinoyat 
protsessual Kodeksining 89-moddasi bilan sudlangan...» 
Shu joyga kelganda Zohid sergak tortdi. Hatto huquq ilmidan bexabar odamning ham 
aqli yetadigan masalaga nechun sud e’tiborsiz qaragan? Qolgan uchta jinoyatchi qani? 
Zohid «Balki sahifalar o‘rni almashib ketgandir», degan o‘y bilan qog‘ozlarni bir-bir 
ko‘zdan kechirdi. Keyin zo‘rlangan qiz — Mohira Nuriddinovaning suddagi ko‘rsatmalarini 
o‘qib chiqdi. Uni to‘rt yigit chala bitgan to‘rt qavatli imoratga boshlab borgan. To‘rttalasi 
ham nafsini qondirgan. Lekin... ular orasida Botirov bo‘lmagan. Tergov paytida 
«Botirovni ko‘rsatasan», deb majburlashgan... 
Zohid «Ish»ni yopib, o‘ylanib qoldi. Nazarida bu «Ish» ham Sunnatullaevga oid 
«Ish»ning mantiqiy davomiday tuyuldi. Bir necha yillar muqaddam Sunnatullaev tuhmat 
bilan qamalgan. (Zohid bugungi voqeadan so‘ng uning tuhmat bilan qamalganiga qat’iy 
ishonch hosil qildi). — Botirovning «Ish»idan ham tuhmatning isi kelib turibdi. 
«Bunday tuhmat bilan qamatishdan kim qanday manfaat ko‘radi? Sharif Namozov 
«Ish»ida o‘rtada mol-dunyo turibdi. Sunnatullaev esa o‘sha xonimchadagi yo‘q nomusga 
qurbon bo‘ldi. Botirov nimaning qurboni bo‘lgan?» 
Zohidni taajjubga solgan yana bir narsa — dastlabki sud Botirovni jinoyatchi deb topib, 
o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan fursat o‘tib, shahar sudi bu qarorni 
bekor qilib, Botirovni beayb deb xulosa chiqargan. Lekin oradan yana bir necha oy o‘tib, 
uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o‘n bir yillik qamoq bilan 
«taqdirlangan». Uchta hakamning uch xil munosabatiga sabab nima? Nima uchun 
ikkinchisi Botirovni oqlagan? Poraning kuchi bilanmi? Birinchisi bilan uchinchisiga pora 
bera olishmaganmi? Qiz nima uchun sudda boshqa, tergovda boshqa gaplarni aytgan? 
Botirovning odamlari qo‘rqitishganmi yo pul berib sotib olishganmi? 
Tergovda bir gapni aytib, sudda boshqasini aytish Zohid uchun yangilik emas. Tergovda 
aybini bo‘yniga olgan jinoyatchilar sudda «Men aybsizman, urishganlari uchun qo‘rqib, 
tilxat berdim», deb bez bo‘lib turib olishadi. Zohid hech yodidan chiqara olmaydi: bir 
o‘g‘rini jinoyat ustida ushlab, ish sudga oshirilganda u: «Meni azoblab qiynashgandi, 
men o‘g‘ri emasman», deb turib olgan edi. O‘ziga nisbatan bo‘lgan bu tuhmatga 
Zohidning chidashi qiyin bo‘lgan edi. Oradan yillar o‘tib, hozir eslasa, eti jimirlab 
ketaveradi. Shu sababli ham Hamdam Tolipovning usulini yoqtirmay, u bilan ko‘p 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish