www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
«yo‘q, s’ezd adashgan, bizning shaharda banditizm bo‘lib turadi», demoqchimisan? E,
o‘rgildim, senlardaqa kaltabinlardan. Yarim soatdan so‘ng ayblovni o‘zgartirib kel.
— Nima deb qo‘yay? — deb so‘radi tergovchi qog‘ozlarni yig‘ishtirib bo‘lgach.
— Balo deysanmi, battar deysanmi, o‘yla, kallangni ishlat! Shu ishing uchun davlat
senga pul to‘laydi. Kallang po‘la bo‘lsa, bo‘shatib qo‘y, kallalilar ishlasin!
Tergovchi yelkasiga shu kabi tavqi la’nat toshlarini ortib, nochor ahvolda xonadan chiqdi.
Zohid esa asta yurib borib uning o‘rniga turdi. Go‘yo qolgan-qutgan la’nat toshlarini
ortish uchun yelkasini tutdi. Rahbar unga qovoq uyub qaradi, o‘zi ham o‘tirmadi, uni
ham o‘tirishga taklif etmadi.
— Xo‘sh, dono yigit, qaerga borganingizni bilasizmi, o‘zi?
— Oddiy bir idoraga, — dedi Zohid o‘zini xotirjam tutishga tirishib.
— Siz uchun oddiydir. Ammo, — rahbar ko‘rsatgich barmog‘ini shiftga qarab nuqdi, —
yuqoridagilar uchun oddiy emas. Sen bola, Sunnatullaevning almisoqdan qolgan ishini
nimaga kavlashtiryapsan? Senga bu «Ish» tugallangan, yop, deyilganmi, nega
yopmayapsan?
— Ish hali mutlaqo mavhum.
— Nimasi mavhum? Sunnatullaev o‘ldirildimi? Uni o‘ldirganlar ham o‘ldirildimi? Unisi
ham, bulari ham dordan qochgan jinoyatchilarmidi? Senga yana nima kerak? Xursand
bo‘lib yopavermaysanmi? Sen qilolmagan ishni o‘zlari qilishyapti. Bir-birining go‘shtini
yeyapti. Yig‘ishtir, bunaqa donoligingni!
Zohid Said Qodirovning topshirig‘ini eslab, rahbarga e’tiroz bildirdi:
— Bu ishni yopolmayman. Meni majbur qilolmaysiz. Kerak bo‘lsa, yuqoriga arz qilaman.
— O‘h-ho‘... zo‘rsan-ku, a?! Qani, yozib ko‘r-chi? E, senga xat-savod o‘rgatganni... —
rahbar so‘kinib, joyiga o‘tirdi. — Mishig‘ini artolmaydi-yu, yana men bilan olishadi-ya! —
U shunday deb stoli ustidan bir «Ish»ni olib, Zohidga uzatdi: — O‘n besh kunda javobini
aytasan. Bor, ishingni qil.
Zohid «Ish»ni olib burildi. Ostonaga yetganida rahbarning so‘kishi eshitildi. Zohid
orqasiga keskin o‘girilib, ko‘zlaridagi g‘azab o‘ti bilan unga javob qildi.
3
U xonasiga kirgach, joyiga o‘tirgisi ham kelmadi. Yuzasi choynak izlaridan dog‘ bo‘lgan
stol ko‘ziga battar xunuk ko‘rindi. Qo‘lidagi «Ish» zil-zambilday tuyulib, stol ustiga «tap»
etib tashladi. Qog‘ozlar qatidan yengil g‘ubor ko‘tarilib, dimog‘ini qichishtirdi. Ikki-uch
aksa urgach, yengillashganday bo‘ldi.
Biron ishga qo‘l urilgan mahalda yuqori martaba egalarining aralashuvlari, oqibatda ojiz
odamday chetga chiqib qolinishi Zohid uchun yangilik emas. Akasining o‘limidan so‘ng
bunday haqsizlikni ko‘p ko‘rdi. Odam zoti yantoqzorda yurib, oyoqlari tikonlarga
o‘rganganday, haqsizlikka uchrayversa, unga ko‘nikib qoladi. Hatto haqsizlikka uzoq
vaqt duch kelmasa, uni qo‘msaydi ham. Zohid haqsizlik deb atalmish to‘qayzorda
yurganini allaqachon fahmlab yetgan, necha yilki, bu to‘qayzorda adolat gulini izlaydi. U
bilmaydiki, to‘qayzorda gul bitmas, adashib bitgan taqdirda ham undagi to‘ng‘izlar
yancharlar, yo‘q qilarlar.
Zohid esa izlagani, gul deb o‘ylagani sassiq alaf bo‘lib chiqqan onlarda afsuslanadi,
ammo ishonch bilan izlayveradi. Zohid ilm gulshani sari borayotib o‘z yo‘lini to‘qayzorga
o‘zi burdi. U to‘qayzorda sassiq alaflarning, qamishlarning, gulni payhon qilg‘uvchi
to‘ng‘izlarning ko‘pligidan ajablanmaydi. Uni qiynaydigan savol bitta: bu haqsizlik
to‘qayzori qachon obod bo‘ladi? Inson farzandlari qachon adolat gulshanidan bahra
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |