Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga cho‘milganday so‘limlik kashf etgan edi. 
Ammo bu so‘limlik uning kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Bu olam aro tunni 
bedor o‘tkazgan faqatgina Manzura emas. Necha ming, balki necha yuz ming, balki 
undan-da ko‘p odam — xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, gado ham; baxtli ham, 
baxtsiz ham; qayg‘uli ham, qayg‘usiz ham... tunni bedor o‘tkazadi. Hech kim o‘sha 
tunning o‘zida, qaerdadir bir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Alhol 
Manzura ham yurtida eri bilan qizining tunni uyqusiz o‘tkazishganidan bexabar edi. 
Nonushtadan so‘ng o‘g‘illari shahar aylanajaklarini ma’lum qildilar. Manzuraning sayru 
sayohatga xohishi ham, holi ham yo‘q edi. Shunga qaramay, o‘g‘illarining shashtini 
qaytarmaslik uchun otlandi. 
O‘g‘illari shahar ko‘chalari, ayrim imoratlar haqida gapirishar, Manzura esa ularning 
zavqini baham ko‘ra olmas edi. Yuragi nima sababdan g‘ashlanayotganini hatto o‘zi ham 
bilmasdi. Ba’zan xayolini shahar manzaralariga band etib chalg‘imoqchi bo‘lardi. Bu kabi 
shaharlarni u televizorda ko‘rgan, muxbirlar «chirigan kapitalizm» deb bularni tanqid 
qilishardi. Manzura sayr chog‘ida shaharda chirik imoratlarni ko‘rmadi. To‘g‘ri, siyosat 
olamiga u begona ayol edi. Kapitalizmning chirigani qanaqa bo‘ladi, chirimagani qanday 
— bilmasdi. Bilish uchun harakat ham qilmasdi, o‘ylamasdi ham. Hozir, ikki o‘g‘li ikki 
qanotida shahar bog‘ini sayr qilayotgan chog‘ida «Shunday yaxshi joylarni nima uchun 
yomonlashadi?» deb o‘ylab qo‘ydi. Uning siyosatga munosabati shu o‘y bilan cheklandi. 
Manzuraning ruhidagi siniqlikni o‘g‘illari sezishdi. Bu holni ular charchoq oqibati deb 
o‘ylab sayrni uzoq davom ettirishmadi. Villaga qaytishgach, uchovlari oshxonaga kirdilar. 
Abdulhamid oshpaz ayolga palov pishirish niyatlari borligini ma’lum qildi. Bu xonadonda 
tez-tez palovxo‘rlik bo‘lgani sababli nemis ayoli ham osh pishirishni bilardi. Shu sababli 
chaqqonlik bilan masalliqni tayyorlab berdi. Manzura oshga unnamoqchi edi, o‘g‘illari yo‘l 
qo‘yishmadi. 
— Bizning qo‘limizdan bir palovxonto‘ra yeng, — deyishdi. 
Bekorchilikka o‘rganmagan Manzura o‘g‘illarining qarshiligiga qaramay, sabzi to‘g‘rab 
berdi. 
Oshni pishirib, yeb bo‘lishgach, Abdusamad shaharda zarur ishi borligini aytib, onasidan 
uzr so‘radi. Manzura o‘g‘illari xulqida o‘zgarish mavjudligini yana bir karra sezdi. O‘z 
uylarida ekanida o‘g‘li biron yerga bormoqni ixtiyor etsa «Oyi, ketyapman», deb 
qo‘yardi. Hozirgiday lutf qilib o‘tirmasdi. 
Oqshomga yaqin villaga Muzaffarxon bilan Guluzor begim kelishdi. Keyinroq doktor 
Xudoyor ham tashrif buyurdi. To u kelguniga qadar gap-gapga qovushmadi. Yoshlarning 
taqdiri xususida so‘z ochishga u tomon ham, bu tomon ham jur’at eta olmadi. Doktor 
Xudoyorda yuzxotirchilikning yo‘qligi shu zamonda ish berdi. U xizmatchi keltirgan 
qahvadan uch-to‘rt xo‘plagach, Manzuraga yuzlandi: 
— Qalbimdasiz, xonim afandim, siz muhtarama zoti oliyalariga bizim qizlarimiz yoqdimi 
ekan? 
To‘satdan berilgan bu savol Manzurani gangitib qo‘ydi. Ko‘zini yerga qadaganicha 
javobga taraddudlandi. Uni bu noqulay ahvoldan doktor Xudoyorning o‘zi qutqardi: 
— Bir ko‘rishda xulosa bildirmog‘ingiz cho‘x mushkuldir, buni-da anglayurmiz. Ammo 
inoningkim, bu o‘lkalarda bundayin fozila qizlar boshqa yo‘qtur. Agarchi mening-da ikki 
o‘g‘lim bo‘lganida edi, Said Muzaffarxonni tinch qo‘ymagan bo‘lurdim. Ammo 
bilmog‘ingiz kerakkim, xonim afandim, sizning oqil o‘g‘illaringiz mening uchun o‘z 
farzandu arjumandlarim kabi qadrlidurlar. Ularning buraga tahsil uchun kelmoqlari 
Ollohning xohishi iladir, so‘ngra men ular bilan tanishdim, moshaolloh! Biz umid 
qilayotgan nikohni ham Olloh nasib etgandur, inshoolloh! Xonim afandim, sizga biz 
aytayotgan so‘zlar g‘alat tuyulgusi, buni-da anglayurmiz. Siz qizlarimiz ila suhbat 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish