Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
bir necha hafta ilgari «Men ularning qo‘yniga ilon bo‘lib kirib, bitta-bitta chaqib 
o‘ldiraman», degan ekan. «Ular» degani kim, bilasizmi? 
— Hosilboyvachchami? Yo... Asadbekmi? 
— Asadbek bo‘lsa ehtimol... Ammo, nima uchun chaqib o‘ldirmoqchi edi? — Said Qodirov 
javob kutmay yana bir savol tog‘ini ko‘ndalang qildi: — Hosilboyvachchaning murdasi 
qaerga ko‘milgan? Qaerga ko‘mishgan bo‘lishlari mumkin? 
Zohid Said Qodirovning Elchin haqidagi gaplarini eshitib, daf’atan Anvar bilan bo‘lgan 
uchrashuvni, «Sunnatullaevning o‘limini Elchindan ko‘rmang», degan gapini eslab «u 
chaqishga ulgurdimi yo endi chaqmoqchi edimi?» deb o‘yladi. Ammo bu haqdagi fikrini 
Said Qodirovga bildirmadi. Said Qodirov javob kutar edi. Zohid unga qarab, javob 
o‘rniga yelka qisib qo‘ya qoldi. 
— Murdani topish kerak. 
— Agar maydalab yoqib yuborishmagan bo‘lsa, topsa bo‘lar. 
— U holda kulini bo‘lsa ham topish kerak! 
VII b o b
1
O‘limning muzdek labiga labini tutayotgan, o‘limning dimog‘idan ufurayotgan sovuq 
nafasdan eti seskanayotgan Zaynabni telefon jiringi qo‘rqitib yubordi. Undan bo‘sa 
olmoqni, bo‘sa nima ekan, jon olmoqni ixtiyor etgan o‘lim farishtasi ham cho‘chib, g‘oyib 
bo‘ldi. Uning uzoqlashishini istamagan Zaynab telefon go‘shagini ko‘tarmay picha kutdi. 
Telefon qo‘ng‘irog‘i to‘xtovsiz jiringlayverdi, o‘limning nafasi esa uzoqlashaverdi. 
U sirtmoqni bir qo‘liga olib, ikkinchisi bilan go‘shakni ko‘tardi. Go‘shak og‘ir tosh kabi 
tuyuldi — qulog‘iga arang olib borib «labbay» demoqchi edi, tili aylanmadi — go‘yo o‘lim 
bo‘sa olayotgan damda tilini muzga aylantirib qo‘ygandek edi. 
— Alyo, alyo, Zaynab! Zaynab!! 
Onasining mayin ovozi sovuy boshlagan badaniga iliqlik baxsh etdi. Jamshidning o‘limini 
eshitib o‘zini osgan damda ham shu ovoz unga jonini qaytargan edi. Bu nima o‘zi? 
Mo‘’jizami yo tush ko‘ryaptimi, yo alahsirayaptimi?.. Onasining ovozi uning muzlagan 
tilini ham eritdi. Beixtiyor: 
— Oyijon! — dedi-yu, butun vujudiga titroq yugurdi. 
Dunyoda to‘siqni bilmaydigan nima bor, deb so‘ralsa hech ikkilanmay «ona qalbi» deb 
javob berish mumkin. Na masofa, na vaqt ona qalbiga o‘z hukmini o‘tkaza oladi. Mana 
hozir ham Manzuraning bezovta qalbi qizining huzuriga yetib kela oldi. Zaynabning 
birgina xitobi — «Oyijon!» deyishining o‘ziyoq ahvolini onasiga oshkor etdi. 
— Zaynab, jon bolam, sog‘lig‘ing yaxshimi, senga nima bo‘ldi? 
— Oyijon... — Zaynab nima deyishini bilmay, kalovlandi. Hatto «yaxshi yetib 
oldingizmi?» degan gap ham xayoliga kelmadi. O‘zi uchun ham kutilmaganda, o‘zi ham 
istamagan holda ko‘krak qafasida bir faryod uyg‘onib, yuqoriga intildi. Bo‘g‘ziga 
yetganda esa to‘xtab, uni entiktirdi. 
— Zaynab, gaplarimni eshityapsanmi, nimaga indamayapsan? 
— Yaxshiman, — dedi Zaynab titroq ovozda. 
— Tobing yo‘qmi, nimaga ovozing o‘zgarib turibdi? 
— Shamollabman... 
— O‘zingga qara, jon bolam, yotishdan oldin sut qaynatib ich. 
— Xo‘p. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish