Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
oqqani kabi qon seli bosti-rib keldi. Avval tizza bo‘yi, so‘ng bo‘g‘zigacha chiqdi.
So‘ng... tamoman qon ko‘liga g‘arq bo‘ldi. Nafasi qaytdi. 
Barchasi bir necha soniyada yuz berdi. Asadbekning boshiga urilgan gurzi uning aqlini 
tamoman shol qildi. Agar ikkinchi qiz ham nozli tarzda ovoz bermaganda Xudo biladi, bu 
shollik qancha davom etardi. Ana shu nozli ovoz ikkinchi gurzi bo‘lib miyasiga urildi. 
Ikkinchi gurzi uning aqlini shollikdan qutqardi. Ko‘z oldi ravshanlashdi. Ammo oq harir 
ko‘ylakdagi qizlar qora libosdagi ajinalar kabi ko‘rinib, ularni siltab tashladi. Bunday 
zardani kutmagan qizlar qo‘rquv aralash qichqirib yubordilar. Bu chinqirish Asadbekka 
yulishga shaylangan mushukni eslatib, irg‘ib o‘rnidan turganicha ularni tepib qoldi. 
Qizlarning chinqirig‘ini eshitib yugurib kirgan Bo‘tqa ko‘zlari kosasidan chiqay deb turgan 
hojasining ahvolini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Asadbek tepki bilan qanoatlanmay, stol ustida 
nima bo‘lsa bir-bir ota boshladi. Bo‘tqa soniyalik sarosimasini yengib, hojasi qarshisiga 
yugurib keldi-da, uni mahkam quchoqlab oldi. 
— Bek aka, jon Bek aka, sizga nima bo‘ldi? O‘zingizni bosing. Bek akajon, — deb ovuta 
boshladi. 
Bo‘tqaning kuchli quchog‘idan chiqa olmagan Asadbek endi og‘ziga kelganini qaytarmay 
so‘kina boshladi. Keyingi yillar ichi tilga olmay qo‘ygan so‘kishlar ham to‘g‘onni buzgan 
oqim kabi quyulib kelaverdi. Asadbek so‘kaverdi, Bo‘tqa esa «Bek akajon!» deb uning 
yelkalarini silab ovutaverdi... Nihoyat hukm yangradi: 
— Hayda! Hayda qanjiqlarni... Shu yoshdan-a... Qip-yalangoch holicha hayda! 
— Bek akajon, sovuq-ku? — deb e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Bo‘tqa. 
— Hayda! Sovuqda shamollab o‘lsa yana yaxshi. Ikkita shilta kamayadi. 
— Xo‘p bo‘ladi, Bek aka. 
Bo‘tqa amrni ijro etmoq uchun hojasini quchog‘idan bo‘shatgani hamon jag‘idan musht 
yedi. 
— Sen haromini chotingni yirib osaman! Sen hali qalang‘i-qasang‘i akaxonlaringning 
nushxo‘rtini menga ravo ko‘rdingmi? 
— Bek aka, jon xo‘jayin, unaqa demang, ular tegishmadi. Bular svejiylaridan edi, — deb 
o‘zini oqladi Bo‘tqa. 
Bu e’tirozi evaziga yana bir musht yegach, «Men bularni chiqarib yuboray», deb 
chekindi. 
Asadbek xoli qolgach, divanga cho‘kib o‘tirib boshini changalladi. Hozirgina qiy-chuvga 
to‘lgan xonani sukunat zabt etdi. Sukunat hukmidan uning quloqlari shang‘illay boshladi. 
Shu darajada shang‘illadiki, nazarida quloqlariga jon berib turgan tomirlari yorilib 
ketganday tuyuldi. Ana shu sukunat shovqini orasida Jalilning ovozi eshitilganday bo‘ldi. 
Asadbek uning ovozini eshitmaslik uchun quloqlarini kafti bilan berkitdi. Lekin bu foyda 
bermadi. Jalilning ovozi sukunat shovqinini bosib, jaranglab eshitildi: 
«Xudodan qaytibdi... Sen maishat qilgan qizlarning ham ota-onalari bor edi, ular ham 
ezilgandir... Xudoga nolalar qilgandir... Xudo kar emas, bu ohlarni eshitgandir?..» 
«Bo‘ldi, gapirma!» deb pichirladi Asadbek ingrab. 
«Xudodan qaytibdi...» 
«Gapirma deyapman, bo‘ldi qil», deb yana pichirladi Asadbek. 
«Xudo hamma narsani ko‘rib, bilib turadi...» 
«Bo‘ldi! Bo‘ldi, deyapman!» 
Bu safar baqirib yubordi. 
Qizlarni kuzatib qaytgan Bo‘tqa ostonada cho‘chib to‘xtadi. So‘ng tez yurib kelib hojasi 
qarshisida tiz cho‘kib, bilagidan ushladi. 
— Xo‘jayin, jon xo‘jayin... 
Bo‘tqaning ovozi sukunat shovqinini ham, Jalilning aks-sadoli tovushini ham quvib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish