Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
117
Odamlar «Kishi qachon o‘lishini bilsa, yuragi yorilib o‘ladi», deyishardi. Men nimaga 
talvasaga tushmayapman? Nega qo‘rqmayapman? O‘lishim aniq bo‘lib qoldi-ku? Lekin 
qachon? Ertagami? O‘n kundan keyinmi yo o‘n oydan keyinmi? Yo‘-o‘q... o‘n oyga 
bormasam kerak. Balki... ertalabgacha o‘larman. Yana bir yo‘tal tutsa... jonim ham 
chiqib ketar?..» 
Shu xayollar og‘ushida yotgan Asadbek qaysi bir xudoyida, qaysi bir mulla aytgan 
rivoyatni esladi: 
«Xorun ar-Rashiddan so‘rabdilar: 
— Ichayotgan bir qultum suvingiz uchun haq so‘rasalar nima berar edingiz? 
— Yarim davlatimni, — debdi Xorun ar-Rashid. 
— Agar ichgan suvingiz tashqariga qaytmasa, qaytarish haqqiga nima berardingiz? — 
deb so‘rabdilar. 
— Qolgan yarim davlatimni, — debdi Xorun ar-Rashid. 
— Demak, davlatingizning qadri bir qultum suv ekan-da, — deb xulosa chiqargan 
ekanlar...» 
Bexos yodiga tushgan bu rivoyat mag‘zini avval chaqib ko‘rmagan, shunchaki bir 
cho‘pchak sifatida qabul qilgan edi. Rivoyatga yashiringan falsafani shu yotishda angladi. 
«Mening davlatim esa birgina nafas, — deb o‘yladi u. — To‘yib-to‘yib nafas olishga zor 
bo‘lib o‘laman. Jonim yo‘tal bilan chiqsa o‘lganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar 
olguncha sasib yotaveraman. Jag‘imni tang‘ishadi, oyoqlarimni bog‘lashadi. Dod-voy... 
Kim yig‘laydi? O‘g‘illarim uzoqda. Zaynab dod solar balki... Yana bir-ikki xotin qo‘shilar... 
Xotinlarning yolg‘ondan bo‘lsa ham yig‘lab turgani yaxshi. Bo‘lmasa bu uydan o‘lik 
chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yig‘isisiz o‘likning ham fayzi bo‘lmasa kerak... 
Manzura yetib kelsa bu yog‘ini o‘zi eplashtiradi! Yo‘-o‘q... u yig‘lamaydi. Jalilning 
onasi o‘lgandamidi... ha, o‘shanda yig‘isini eshitib «Dodlashni ham o‘rniga qo‘yar 
ekansan, o‘lsam maza qilib eshitib yotaman», deb hazillashganimda «Voy adasi, xotinlar 
eriga yig‘lamaydi, ayb bo‘ladi», degan. Qiziq... nima uchun ayb bo‘ladi? Manzuraning 
yig‘lashi shart ham emas. Balki... qutulganiga shukr qilar?.. Menga tekkanidan beri 
boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni o‘qishga jo‘natdim. 
Keyin chet elga yubordim. Ularni sog‘indi. Sog‘indi-yu, «Sog‘inyapman», deb zorlanishga 
mendan qo‘rqdi. Qiziq... urmasam ham mendan qo‘rqadi-ya... Zaynabning tashvishi uni 
tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi. 
Kelinlarini boshlab kelib rohat ko‘raman, deganida men cho‘zilib yotsam... Bir jihatdan u 
kelgunicha jo‘navorganim ham yaxshi. O‘ligimni ko‘rmasa bir-ikki kun yig‘lab, keyin 
ko‘nikib qoladi... Meni tanish-bilishlarimning o‘zlari joyimga olib borib qo‘ya qolishadi. 
Janozaga tizilishadi. Domla aql o‘rgatadi. Nima deydi? «Odam oxir-oqibat o‘lmoq uchun 
bu dunyoga keladi», deydimi? «Pensiyaga chiqqandan keyin namoz o‘qiyman, deb 
kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga yetmabdilar. O‘lmasingizdan 
oldin bir marta bo‘lsa ham peshonangiz joynamozga tegsin», deydimi? Yo «Yog‘och otga 
minib kelmasingizdan avval o‘z oyog‘ingiz bilan masjidga kelib turing», deydimi? Keyin 
«Marhumning yaqinlari kim?» deb so‘raydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yo‘q, 
Jalil chiqadi. «Marhum birovdan qarz olgan bo‘lsa, to‘layman», deb so‘z beradi. Tentak. 
Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib 
berishmaydi. O‘lganimdan xursand bo‘lishadi. Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo 
qilishayotgandir... Men... Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli-joy olib 
berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan keyin olib bersin. 
Keyin... ko‘tarishadi. Tobutning bir chekkasidan ushlash savob ekan. Meni ko‘tarish ham 
savobmi? Odam yig‘iladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi 
xafa?.. Joyimga yotqizishib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim... joyim qop-qorong‘i 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish