www.ziyouz.com
kutubxonasi
119
ma’lum bo‘lsami, bir-ikki musht bilan qutulolmasligini u yaxshi biladi. U hojasiga yolg‘on
gapirish mutlaqo mumkin emasligini yodida saqlasa ham ba’zan shunaqa aldovlardan
foydalanishga majbur bo‘lardi. Xayriyatki, bu safargi yolg‘oni uni malomatdan qutqardi.
Asadbek to‘g‘riga, ish yuritadigan xonasiga emas, chapdagi xos xonaga kirib, divanga
yonboshladi-da, ostonada buyruqqa mahtal turgan Bo‘tqaga qarab:
— Nimang bor, olib kel, — dedi.
Bo‘tqa shu turishida egasining ko‘ziga mo‘ltillab qarab, dumini likillatayotgan ko‘ppak
holatida edi. U hojasining ko‘ngli nima tusayotganini bilganday videoga xorij filmini
qo‘ygach, dasturxon tuzash tadorigini boshladi. O‘zi oshxonada masalliqlarni tayyorlab
turdi. Olib qolgan ikki «qushcha»si esa xizmatda bo‘ldi. Oq harir ko‘ylakdagi
«qushcha»lar xonaga go‘yo suzib kirdilar. Ichimlik, yemaklarni karashma bilan qo‘yib,
karashma bilan chiqdilar.
Asadbek bu yoqqa kelayotganida qizlar bilan maishat qilishni o‘ylamagan edi. Uning
maqsadi uyidan sal chetroqda bo‘lish, ko‘z oldiga keltirgani — lahadda yotish
manzarasidan uzoqlashish, biror piyola aroqni simirib sarxush bo‘lish edi. Qizlarni
ko‘rgach vujudida shahvat uyg‘ona boshladi. Yaqindagina lahadda yotishdan qo‘rqqan
odam bu dunyoning jannatida huzur qilishni a’loroq deb bildi.
Adashgan bandagina hayotning lazzati sharob va zinoda deb biladi. Buning aldamchi
lazzat ekaniga aqli qosir bandaning fahmi yetmaydi. Sharob va zino lazzati danak ustini
yalamoq kabidir. Chin lazzat esa danak ustida emas, mag‘zida ekanini anglamoq shu
qadar mushkulmi? Bu danak aql bilan chaqiladi. Aql shu darajada zaifmi? Chin lazzat —
ruh lazzati ekanini Asadbek ham bilmaydi. U aroqni quyib ichib, televizorga tikilgach,
vujudida o‘t alanga oldi. Qizlar kirgach, birini yoniga chaqirdi. Qizlardan biri chaqirilgan
bo‘lsa-da, ikkinchisi noumid chiqib ketmay, dugonasiga ergashib yaqinlashdi. Bo‘tqadan
aniq ko‘rsatma olgan «qushcha»lar bu kasalmand, behol odamning ko‘nglini ovlashga
tushdilar. «Bu odam xastaga o‘xshaydi, kasali yuqib qolmasmikin?» deb mulohaza ham
qilib o‘tirmadilar. Yaxshi xizmat uchun yaxshi haq olishlari ularni bunday mulohazalardan
benasib etardi.
Qizlardan birining labiga labini bosib, so‘ng noz bilan «Oh!» deb qo‘yishi Asadbekning
boshiga gurzi kabi urildi — u go‘yo qizi Zaynabning ovozini eshitganday bo‘ldi.
O‘sha sharmandali kunda, uchinchi qavatda, eshik o‘rniga tutilgan parda ortidan
Zaynabning shunday ovozi kelgan edi. Oradan kunlar o‘tganiga qaramay Asadbekni bu
ovoz holi qo‘ymasdi. Dam-badam eslab, yuragi zirillardi.
Hozir yana o‘sha ovoz...
Faqat...
Faqat hozir boshqacha ohangda eshitilganday bo‘ldi.
Hozir...
Hozir nechundir unda shahvat ohangi yo‘q edi.
Hozir... «Oh, otajon!» deganday nola bor edi.
Asadbekning ko‘z oldi qorong‘ulashdi.
Avval...
Avval chiroq o‘chganday bo‘ldi.
Zim-ziyo tun...
Sukunat...
Yo‘q, qora tun emas.
Qora tun chekindi.
Uning o‘rniga... qonli tun bosdi.
O‘sha sharmandali kunda, qalbiga o‘lim baytlari yozilganini bilmay eshik o‘rniga parda
tortilgan xonada ayshini surayotgan yigit tanasidan sachragan qon devordan sizib
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |