Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
javobingizni albatta izohlab ham berasiz. 
Hikmat O‘rolov Anvarning ko‘zlariga tikilib kulimsiradi. Anvar bu savolga aqli yetgan 
darajada javob bera olardi, ammo unga mezbonning asl maqsadi qorong‘u edi. Shu bois 
javobga shoshilmadi. 
— Siz qiynalmang. O‘zim aytib qo‘ya qolay: yo‘q! Sabab: bir kuni domla Inoyatulloning 
uylariga borsam, zarrabinga tikilib o‘tiribdilar. Sizda zarrabin bormi? Ha, menda ham 
yo‘q. Xullas, bir arxeolog olim domlaga uzum danaklarini beribdi. Danakning umri 
salkam ming yil emish. Arxeologning aytishicha, Eski shahardagi qazilma paytida 
hojatxona o‘rnidan topilgan emish. Domla Inoyatullo arxeologlar bilan yaqin edilar. Siz 
arxeologlar bilan oxirgi marta qachon uchrashgansiz? Mening ham yodimda yo‘q. Xullas, 
o‘shanda: «Domla, bu sizga nima uchun kerak?» deb so‘radim. Domla: «Haqiqiy tarixchi 
olim shulargacha aniq bilishi  shart. Husayni uzum hozir qanday, ming yil va avval 
qanday bo‘lgan, ming  yil ichida tabiat qanday o‘zgarishlarni, nima sababdan boshidan 
kechirdi — biz bilmasak, kim biladi? Tarixiy voqealar bilan tabiatdagi o‘zgarishlar orasida 
uzviy bog‘lanish yo‘qmi?» Xullas, o‘shanda haqiqiy tarixchi olim — domla Inoyatullo deb 
ishonganman. Biz kitob o‘qib, tahlil qilib, tarix ilmini yaratyapmiz, deb kerilamiz. Bu 
kitoblarni bizgacha kimdir yozib ketgan. Biz foydalanayotgan adabiyotlarni arab ham, 
fors ham, farangimi nemismi, juhudmi yo rusmi, kim bo‘lsa bo‘lsin, yozgan. Ma’lum bir 
haqiqatga har biri o‘z millati foydasi nuqtai nazaridan yondoshgan va baho bergan. 
— Xuddi  shu  nuqtada  xato  yo‘lga  qadam  qo‘yganmiz, — dedi Anvar. — Biz 
qo‘limizga juhudning kitobi tushsa, tarix shunday edi, deb javraymiz. Nemisniki tushsa, 
yo‘q, bunaqa edi, deb turib olamiz. Mana, tarixga ikki xil munosabatga o‘zimiz ham 
guvoh bo‘ldik. Kechagina unday devdik, bugun esa bunday. Qadimda shunday hol yuz 
bermaganmi? Bergan... — Anvar «gaplarini bo‘lib ranjitmadimmi?» degan ma’noda 
mezbonga qaradi. Hikmat O‘rolov uning xavotirini sezib, «durust gapiryapsiz, azizim, 
davom eting», deganday jilmayib qo‘ydi. Anvar bundan dadillanib fikrini davom ettirdi: 
— Biz o‘sha kitoblarga qul bo‘lib yuraveramiz. Men borayinda Mirolim domlamizdan: 
«Temur zamonida toifi uzum bo‘lganmi?» deb so‘ray. Turgan gapki, u «Temurga 
uzumning nima aloqasi bor», deydi. Holbuki domla Inoyatullo yo‘lini tutgan, o‘zini 
tarixchi  olimman deydigan odam buni bilishi kerak ekan. Haligi aytgan rivoyatingizni 
qarang... biz ichi bo‘sh qamishga o‘xshamaymizmi? Bir masalaga ikki xil qarashga 
vijdonimiz qanday yo‘l qo‘yadi. Kechagina Mirolim domlamiz Temurni qonxo‘r, deb, 
Temurning salohiyatiga ijobiy baho bermoqchi bo‘lganlarni yamlamay yutgan edi. Bugun 
esa aksi: kim Temur jang qilgan, desa «Sen tarixga qonli ko‘ylak kiygizmoqchimisan!» 
deb yumdalayapti. Qizig‘i shuki, Temur haqida kecha ham shu zot asosiy hukmni 
chiqarar edi, bugun ham. Ba’zan hayron qolaman. Bu Mirolim deganlari, Temurning otasi 
uylanayotganida kuyov jo‘ra bo‘lganmi yo Temur tug‘ilganida kindigini kesganmikin? 
Bu gapni eshitib Hikmat O‘rolov qah-qah otib kulib yubordi.  
— Topib aytdingiz, barakalla, — dedi u o‘zini kulgidan to‘xtata olmay. 
— U domlamiz nari borsa Temur haqida to‘rt-besh kitob o‘qigandirlar. Oltinchisini topib, 
buni ham o‘qing, deyilsa, men bunaqasini bilmayman, deb turib oladilar. Qarang-a! U 
kishi bilmasalar o‘sha oltinchi kitobning yashashga haqqi yo‘q ekan. O‘sha oltinchi kitob 
yuz yillar davomida dunyo olimlarining diqqati markazida turgan bo‘lsa-chi? Siz 
kulyapsiz domla, ammo xafa bo‘lsangiz ham bir gap aytaman. 
— Ayting, azizim. Bilaman, siz nohaq gap aytmaysiz. 
— Siz, sizga o‘xshagan olimlar nima uchun Xolidiyga, Mirolimga maydonni bo‘shatib 
bergansizlar? Yanchib tashlasalaring bo‘lmasmidi? 
— Yanchib... — Hikmat O‘rolov kulimsirab, bosh chayqadi. — Soyani yanchib tashlay 
olasizmi? Axir ular zamon g‘oyasining soyalari edilar. Siz haqiqatchi yigitsiz. Sizga 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish