Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
hayallagach, takror taqillatdi. Bir ozdan so‘ng ichkarida sharpa sezilib, zanjir tushirildi. 
Eshikni ochgan soch-soqoli uzun, og‘zi-burni arang ko‘rinib turgan, ko‘zlari balchiqda 
yotgan munchoqni eslatuvchi malla odam Hamdamga qarab kerishib, baralla esnadi-da: 
— Bugun kech qolding, bratan. Bugun endi o‘lik berilmaydi, xo‘jayinlar yo‘q, — dedi. 
Hamdamdagi ichki bir sezgi «shuni qo‘ldan chiqarma» dedi. Hamdam bu g‘oyibona sasga 
quloq berib, o‘likxona egasiga salom berib, qo‘l qovushtirdi. 
— Bugun o‘lik berilmaydi, gapimga tushunmadingmi? — dedi badbashara. 
Hamdam unga qarab turib: «Buncha badbashara bo‘lmasa, undan hatto o‘liklar ham 
qo‘rqsa kerak», deb o‘yladi. Hamdamda hushlamaydigan odamini ochiq mensimaslik 
odati bor edi. Ammo ishning bitishi shaytonga bog‘liq bo‘lsa, aravasi loydan o‘tgunicha 
unga-da ta’zim qilib turishdan toymasdi. Hozir shunday bo‘ldi: badbasharani tepib 
yuborishga tayyor bo‘lgani holda, mo‘minlik bilan dedi: 
— Bir qarindoshimizni qidirib yuribmiz. Xudo ko‘rsatmasinu, ammo ruxsat bersangiz, bir 
qarab chiqsam. Yaxshiligingiz yerda qolmaydi, xursand qila-man. 
— Yo‘-o‘q, — dedi badbashara, — xo‘jayin bilib qolsa, pattamni qo‘limga tutqizadi. 
— Xo‘jayin qolibdimi, shu paytda. Hamshiralari bilan maishatini qilib yotibdi. Ular 
jonining huzurini bilishadi. 
Hamdam shunday dedi-da, cho‘ntagidan nasha aralashtirib o‘ralgan papiros olib tutatdi. 
U badbasharaning narxni oshirish uchun yana bir oz tarang qilishini bilardi. Shu bois uni 
to‘la holda qo‘lga olish maqsadida papirosni baralla tutatdi. Nasha hidi dimog‘iga urilgan 
badbasharaning ko‘zlari chaqnadi. Hamdam bu ko‘zlardagi o‘zgarishni sezib, quvondi. 
«Gah desam qo‘limga qo‘nasanu tarang qilganing nimasi?» Chindan ham 
badbasharaning chidami uzoqqa bormadi. 
— Bratan, menga ham bir torttirsang-chi, — dedi yutinib. 
— Ma, tort, — dedi Hamdam, unga papirosni uzatib. 
Badbashara bosib-bosib chilim tortganday huzurlandi. Ko‘zlari suzildi. Hamdam 
oxirigacha tortib tugatishiga qo‘ymay, qo‘lidagi papirosni oldi. Badbashara joni 
sug‘urilganday entikdi. 
— Qarindoshing qiz bola emasmi? — dedi u yumshoq ohangda. 
— Nima edi? — dedi Hamdam tutunni u tomon puflab. 
— Bugun bitta qizni olib kelishdi. Ishini olib, o‘zini o‘ldirib ketishibdi. Ko‘rasanmi? 
— Ko‘raman. 
Ichkariga kirishdi. Qator yotqizib qo‘yilgan murdalarning oyoq tomonida, eski stol ustida 
yarmi ichilgan vino, kolbasa, non burdalari turardi. «Maishatini buzibman-da», deb 
o‘yladi o‘zicha Hamdam. 
Badbashara stolga yaqin yotgan murda tepasidagi choyshabni tortdi. O‘n olti-o‘n yetti 
yoshlardagi go‘zal xuddi uyquda yotganday edi. 
— Shunday ketvorgan narsani uvol qilishibdi, — dedi Badbashara xo‘rsinib. — Ishini 
olibsan, o‘ldirib nima qilasan? Qara, o‘ligi ham zo‘r-a! Shu holda o‘psang ham maza 
qilasan. — Badbashara engashib qizning labidan o‘pdi. Hamdamning ko‘ngli aynidi. 
Uning gardaniga musht tushirgisi keldi. Badbashara esa qaddini ko‘tarib unga qarab 
tirjaydi: — O‘pib ko‘rsang-chi? 
Hamdam uning bilagidan ushlab, tashqariga sudradi. 
— Hoy, nimaga sudraysan meni? — dedi Badbashara. 
— Gap bor, yur, — dedi Hamdam zarda bilan. 
Tashqariga chiqqach, sal o‘zini bosdi. Pastak zinaga o‘tirib, yana nasha aralashtirilgan 
papiros tutatdi. Badbashara uning yoniga o‘tirib, najot ko‘zi bilan tikildi. 
— Egasi yo‘qmi bu jononning? — dedi Hamdam unga tutun puflab. 
— Hozircha yo‘q, — dedi Badbashara entikib. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish