Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
— Yaxshi. Siz tergov qilayotganingizda ishtirok etishim mumkinmi? 
— Hozircha yo‘q. 
— Siz boshlagan ish men olib borayotgan ish bilan bir yerda kesishyapti. Nima uchun 
buni tushunishni istamaymiz? 
— Tushunib turibman. Prokuror ham yaxshi tushunganlari uchun jiddiy shug‘ullanishni 
vazifa qilib qo‘ydilar. Vaqti kelib, balki birgalikda ish  yuritarmiz. Hozircha sizga 
aytadiganim: u yigit bir qizni zo‘rlashda ayblangan. Ishi sudga oshirish arafasida ekan. 
Aytishicha, Petrashvili u  yigitga bir-ikki qiliq qilgan. Hammomda esa zo‘rlamoqchi 
bo‘lgan. Yigit taekvando bilan shug‘ullangan ekan. Bo‘sh kelmagan. Petrashvili 
boshqalarning ham joniga tegib yurganmi, har holda, mushtlashuvga ko‘pchilik 
aralashgan. Mening hozircha bilganim shu. 
— Demak... Sizningcha bu atayin uyushtirilmaganmi? — dedi Zohid hamkasbiga 
ishonchsizlik nazari bilan boqib. 
— Hozircha menda bunday ma’lumot yo‘q. Agar siz bu qotillik avvaldan tayyorlangan, 
degan fikrda bo‘lsangiz, marhamat, isbot qilishga urinib ko‘ring, fikrlaringizni inobatga 
olay. 
— Yo‘q, hozircha fikrim o‘zimda tura tursin. Vaqti kelsa o‘rtoqlasharmiz, — Zohid 
shunday deb xonadan chiqmoqchi bo‘lganida hamkasbi to‘xtatdi: 
— Siz haqingizda eshituvdim. Ugroda ishlab yurganingizda ham haqiqatparastlik qilar 
ekansiz. Bu yaxshi fazilat. Ammo bu sohada  faqat sizgina adolatli, sizgina haqiqatparast 
emassiz. Sizdan yoshim  kattaroq bo‘lgani uchun aytib qo‘yay: hamkasblaringizdan sira 
gumonsiramang. Gumon bilan uzoqqa bora olmaysiz. Biz  bir-birimizdan  gumonsirasak, 
bir-birimizga ishonmasak, xalq bizni sariq chaqaga ham olmay qo‘yadi. Shusiz ham 
odamlar bizga uncha ishonmaydi. 
— Bunga asos bo‘lsa-chi? 
— Asos hamisha ham haqiqat bo‘lavermaydi. 
Zohidga uning keyingi gaplari bir oz ma’qul bo‘ldi. 
3 
 
Zohid hamkasbi bilan gaplashib turganida shahar atrofidagi o‘likxonalarni bir-bir 
tekshirib chiqayotgan Hamdam Tolipov muddaoga yaqin kelib qolgan edi. Bu ishni u 
Farg‘onaga ketmay turib boshlagan, barvaqtroq qaytgani uchun yakunlab qo‘ya qolish 
niyatida edi. 
Yoqib yuborilgan murdaning Jamshid Sunnatullaev emasligiga ishonch hosil qilingach, 
o‘likxonadan egasiz murda olingan, degan qarorga  kelishgan edi. Ekspertiza xulosasiga 
ko‘ra, bu egasiz murda avtomobil halokatiga uchragan odamniki bo‘lishi mumkin. Shu 
fikr bilan ish boshlagan Hamdam bir oyning nari-berisida mashina urib yuborgan 
odamlar ro‘yxati bilan qiziqdi. Shahar bilan cheklanmay, atrof tumanlardan ham 
ma’lumot olib, shu ma’lumot asosida kasalxonalarni aylandi. 
Tog‘ yonbag‘ridagi kasalxonaga kelganida, kech kirib qolgani uchun rahbariyat uy-uyiga 
tarqagan edi. Hamdam o‘likxonada biror kimsa bordir, degan taxminda to‘rt qavatli 
binoning orqa  tomonidagi  pastak, ko‘rimsiz bino sari yurdi. Qip-qizil rangga bo‘yab 
qo‘yilgan eshik tepasidagi lavhaga «Begona kishilarning kirishi qat’iyan ta’qiqlanadi. 
Ma’muriyat.» deb yozib qo‘yilgan edi. Hamdam bu yozuvni o‘qib kuldi. «Bu yerda kim 
begonayu kim begona emas,— deb o‘yladi u. — O‘likxona bo‘lganidan keyin tiriklar 
begona-da. Undan ko‘ra «Xush kelibsiz, o‘rtoq o‘liklar!» deb shior osib qo‘yilsa yaxshiroq 
bo‘larkan...» 
Eshik ichkaridan zanjirlangan edi. Hamdam astagina, odob bilan taqillatdi. Javob 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish