www.ziyouz.com kutubxonasi
125
shunday deb tugunni ochdi-da, boya ajratib qo‘ygan qog‘ozni oldi. — Mana bu yerga
nima yozilgan. Xato o‘qidimmi yo xato yozilganmi? Sobit qori satrlarga uzoq tikilib qoldi.
— Siz nima deb o‘qidingiz?
— «Ilmo s’ezdi» deb.
— Ilmo?.. — Sobitqori harflarga uzoq tikildi. — «Ulamo» emasmikin?
Anvar peshonasiga yengil shapatiladi.
— To‘ppa-to‘g‘ri — ulamo! «Ulamo» jamiyati bo‘lgan-ku?! O‘shalarning s’ezdi-da! Men
ahmoq shuni o‘ylamabman.
— Xijolat chekmang, Anvarjon, bu hammamizning fojiamiz.
Qori shunday deb, ko‘chaga qarab yurdi.
— Oyimning dardlari bor shekilli? — dedi Anvar, uni kuzatib chiqib.
— O‘zingizga ma’lumdir. Agar ixlosingiz bo‘lsa, bu ishni qilish kerak. Ixlos bo‘lmasa
foydasi yo‘q.
— Qori aka, ixlos-ku bor-a, ammo hojat yo‘q. Es-hushim, Xudoga shukr, joyida. Yo siz
ham?..
— Asti-asti, unday o‘ylamang, Anvarjon.
— Men boshqacharoq o‘ylab, boshqacharoq gapiraman, shekilli. Hamma bir xil o‘ylab, bir
xil gapirishi shart emas-ku, to‘g‘rimi?
— To‘g‘ri, Olloh taboraka va taolo bandalarini bu dunyoda sinash uchun turlicha qilib
yaratgan. Faqat qiyomatda jannatga kirilganda barcha bir ko‘rinishda bo‘ladi. Chiroyda
Yusuf alayhissalom, gavdada Dovud alayhissalom, odobda esa payg‘ambarimiz
Muhammad salolloxu alayhi vassalam singari bo‘ladilar.
Shu payt ikki eshik narida, Sobitxonning uyi oldida «Volga» to‘xtab, undan bir yigit
tushdi. U avval eshikka qarab qadam tashladi. Qorini ko‘rgach esa, bu tomonga yurdi.
— Qori aka, olib ketgani keldim, — dedi u, salom bergach, qo‘lini qovushtirib.
Qori xayrlashib ketdi.
Anvar hovliga qaytgach, olib kelgan kitob-qog‘ozlarning changini yana bir qoqqan bo‘ldi-
da, uyga kirdi. Tugunda bitta charm muqovali, bitta qalin qog‘oz muqovali kitob bor edi.
Kitob bosma harflarda emas, qo‘lda husnixat bilan ko‘chirilgan, ammo sharq kitoboti
san’ati qoidasiga zid ravishda sahifalarga zeb berilmagan edi. Charm muqovali kitobda
diniy aqidalar zikr etilgan ekan. Anvar uni qo‘yib qalin qog‘oz muqovalisini qo‘liga oldi.
Bu kitob chekkada qolib, chirib titilganmi yo atayin yirtib olinganmi, harholda bosh qismi
yo‘q edi. Dastlabki satrlarni o‘qiboq Anvarning yuragi hapriqib ketdi: bu o‘sha, Zunnuniy
aytgan asar edi!
«...Yog‘iy Toshkanga mukammal sipohi ila Kalas tomondin ya’juz-ma’juz kabi yopirildi.
Ayturlarki, qadimda Chingis lashkarlari-da bu kabi yovuzlik ila kirmaganlar va
sibo’monand bo‘lmagan edilar.
Eski jo‘vada qiyomat sodir bo‘lub, o‘rus askarlarig‘a qiron yetkurildi. Inson qoni
to‘kulmagan na bir ko‘cha qoldi, na bir xonadon. Jihodga kirgan Toshkan ahli «biz o‘lsak-
da, o‘layluk, dinimiz bulg‘anmasun, musulmon tufrog‘i kofirlar oyog‘u ostida aziyat
chekmasun, farzandi komillarimizning «Allohu akbar!» deb chiquvchi tillari kesilmasun»,
deb aziz jonlarini qurbon bera berdilarkim, ularga uqob ham havas qilgulik edi. Bu qadar
qarshilikni ko‘rmagan yog‘iy fig‘oni falakni tutti. Barcha yerlarda ham shunchalar zarba
berilganida erdi, yog‘iy furudastlikka mahkum bo‘lurdi. Xabissheva ahlidan bo‘lmish
yog‘iy yoshmi, qarimi yoxud go‘dakmi — farqlamay otaverdi, chopaverdi. Faqiringiz
bundayin sidrafarsoy manzarani ko‘rsatguncha ko‘zlarimizni ko‘r qil, deb yaratganga
tavallolar qildum. Mo‘ylabi chayonning dumi yanglig‘ tepaga qayrilgan bir malla qilichini
shundayin zarb ila urdiki, selginchak osilgan beshik ham ikkiga bo‘lindi, unda belangan
chaqaloq ham cho‘rt uzuldi. Bolam, deb nola qilgan o‘n to‘rt kunlik oydayin juvon boshi
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |