Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
Boshiga qoraqo‘l telpak, oyog‘iga kirza etik, egniga askar bolalarning paxtalik to‘nini 
kiygan tog‘avachchasi Anvarni ko‘rib, kulimsirab so‘rashdi. 
— Ammam yaxshimilar? Ke, ja ko‘rinmay ketding. San ichkariga kirib tur, buni bi-ir 
aylantirib kelmasam bo‘lmaydi. 
— Zo‘r-ku, — dedi Anvar itga qarab. 
— Shu yakshanbada Qambar ho‘kizning itiga qo‘yaman. Bir chiqsang-chi, hadeb kitob 
o‘quvrib miyang suyulib ketadi. Tomoshani ko‘rsang, ko‘ngling yayraydi. 
Anvar bir marta chiqqan, «tamoshani» ko‘rgan, ammo ko‘ngli ezilib, o‘n kuncha o‘ziga 
kela olmagan. Bir-birining jag‘ini tishlab, siltab tortayotgan itlarning qonli basharalari, 
g‘ajib tashlangan oyoqlari, bu manzarani zavq bilan tamosha qilayotgan odamlarning 
qiyofalari ko‘z oldidan ketmay, qiynalib yurdi. 
— Tomda tog‘amning eski kitoblari bor ekan, shuni ko‘rmoqchi bo‘lib keluvdim. 
— Tomda kitob borakanmi? Chiqib o‘zing qariy qol. Uyda kennaying bor. Narvonni qo‘yib 
chiqaver. Eski kitob kerak bo‘lsa Shamsi so‘taknikiga borsang bo‘larkan. Shamsi 
so‘takning Fozil qiyshiq degan otasi bo‘lardi. Fozil qiyshiqning otasini Nozim parang 
deyisharkan. O‘shaning eski shahardagi uyi buzilibdi. Qo‘shsinchning orasidan kitoblar 
chiqqanmish. Hamma tilla berkitsa, parang kitob berkitgan ekan, — u shunday deb 
kuldi-da, itini yetaklab ketdi. 
Balandligi salkam odam bo‘yi keladigan chordoq lo‘lining xurjunini eslatardi. Qirqilgan 
shoxlar, eski obkash, radio... nimaiki narsa keraksiz tuyulgan bo‘lsa, olib chiqib 
qo‘yilaverilgan. Bu chang bosib yotgan buyumlar changalzoriga yaqin yillarda odam 
bolasi qadam qo‘ymagani bilinib turadi. Anvar nima uchundir «kitob yo qutida yo 
jomadondan bo‘ladi», deb xayol qildi. Chordoqda quti ham, eski jomadon ham yo‘q edi. 
Chordoqni bir chekkadan titishga majbur bo‘ldi. Kitob yaxshilab berkitilgan, deyish 
mumkinmas. Chunki uy oltmishinchi yillarda qurilgan, u paytlarda qo‘rqib kitob 
yashirishga hojat yo‘q edi. Agar o‘sha kitob mavjud bo‘lsa, uni tog‘asining o‘limidan 
so‘ng, keraksiz matoh sifatida olib chiqib tashlashgan. 
Gaz kelgandan keyin xizmatini ado etib bo‘lib, nuray boshlagan mo‘ri yonida uyilib 
yotgan latta-luttalar orasidan kitoblar, gazit-jo‘rnal boylamlari, allaqancha qog‘ozlar 
chiqdi. Ularni pastga olib tushib, changini qoqib taxlay boshladi. Gazit-jo‘rnallarning 
aksari yigirmanchi yillarda chiqqan, uqalanib ketgan qog‘ozlariga qaraganda unda arab 
harflarida yozilgan gaplar tarixi yanada uzoqroq. 
Anvar ularni bir tugun qilib uyiga olib ketib, bafurja tanishish niyatida edi. Ammo 
qiziqishi niyatidan ustun kelib, ichi qizib, varaqlardan birini olib, harfni harfga urishtirib 
o‘qimoqqa kirishdi: 
«Shundan bilmoq kerakki, butun Turkiston xalqi ittifoq etsa, qon to‘kilmas. Yer va amlok 
ham taqsim bo‘lmay qolur. Din ham ruvoj topur. Ming karra dodu bedodki, ixtilof etmoq 
uchun ittifoq etkanmiz va ixtilofmiz. Sababi ila badbaxtliqg‘a duchor bo‘lurmiz. Butun 
Turkiston ittifoq etsa o‘n besh millunlik bir quvat imlog‘a kelurki, munga yer titraydur...» 
«Buncha aqlli gaplarni kim yozgan ekan, — deb o‘yladi Anvar. — Bir-birining go‘shtini 
yeb turgan odamlarga yetkazadigan dur fikrlar shu ovloqda necha yildan beri chang 
bosib yotibdimi?» 
«Turkiston kerakkim muxtoriyat bo‘lsun, muhokama shariyalar barpo bo‘lsun. Hatti 
bular bora askar olinsun. Daf’a askar olinmoqg‘a qaror berilurdi. Ammo mullalar s’ezdi 
Turkistondan askar olinmoqg‘a qaror beribdur, deb ilmodan balki ba’zilar norozi bo‘lur 
deb boshqa s’ezdga muquf qo‘yildi...» 
Anvar mazmunni durust anglamay, satrlarni qayta o‘qidi. «Ilmo s’ezdi nima ekan?» deb 
ajablanib turganida xayolini yangasining ovozi bo‘ldi: 
— Anvarjon, sovuqda turmay, uyga kiraqoling. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish