www.ziyouz.com kutubxonasi
117
— Chaqir, tezroq gumdon qil. Hozir otarchi kelishi kerak.
Chuvrindi eshikni ochib, Orzubekni imlab chaqirdi. Deputat odatiga xilof ish qilmadi,
ostona hatlab g‘udrandi.
— Nima deysan? — dedi Asadbek unga o‘qrayib.
— Shu... roziligimni aytmoqchi edim.
Asadbek uning roziligini anglagan bo‘lsa ham, atayin gapni aylantirdi:
— Nimaga rozisan?
Orzubek «meni kalaka qilyaptimi yo esidan chiqqanmi?» deb kalovlandi.
— Buncha dovdiraysan, gapir gapingni, — dedi Asadbek.
— Qizimni so‘ragan edingiz... bir aziyat chekkan odamga... shunga maslahatlashdik...
Rozimiz.
— Haydar, shunaqa gap bo‘luvdimi? E, ha... juhud xotining xo‘p, dedimi?
— Bek aka, bir iltimosim ham bor edi.
— Iltimosmi, shartmi?
— Iltimos... Shu... Yoqubjonov boshqa ishga o‘tibdi. Shuni gaplashib bersangiz... Mening
ko‘zim uchib turgani yo‘q-ku, o‘zingiz bilasiz, mansab talashadigan odammasman,
ammo... ko‘pning manfaati uchun kerakmikin?..
Asadbek bu gapni eshitib, unga qattiq tikildi. «Esi joyidami buning, — dedi u o‘zicha. —
Meni Xudo deb o‘ylaydimi? Yoqubjonovning o‘rniga men odam qo‘yarkanmanmi? Katta
olimlar boshqarib kelgan ish bo‘lsa... Bu yetim toyloq ilm ko‘chasining yonidan o‘tganmi
o‘zi? Deputatligi kamlik qilibdimi? Poshsholikka da’vogarligi chin bo‘lib qolyapti-ku?
Yoqubjonovning o‘rnini egallasa, Oqsaroyga bir qadamgina yo‘l qoladi. Anoyi emas bu
toyloq. Qo‘limdan kelsa ham qo‘ymas edim buni...»
— Bu iltimos emas, shart. Qizingni amal kursisiga almashtirmoqchimisan?!
— Unday emas, Bek aka...
— Ovozingni o‘chir, haromi! Meni go‘l deb o‘ylayapsanmi?! Hech bo‘lmasa ko‘ngil uchun
«kuyov bo‘lmish kim o‘zi?» deb so‘rab qo‘y. Sen javobingni qachon aytishing kerak edi?
O‘n kun o‘tdimi, Haydar?
— Safarga ketib qoldim, uzr.
— Ikkinchi qadam bosma bu yerga. Senga aytilgan odam allaqachon uylanib bo‘ldi.
Jo‘na!
Orzubek tepki yegan it holiga tushib, orqasiga o‘girildi.
— Bunchalik xor qilmang-da aka, — dedi Chuvrindi, deputat chiqib ketgach, — bizga
asqotib qolishi mumkin.
— Poshsho bo‘lgandayam sariq chaqaga olmayman buni. Bo‘tqa!
Eshik qiya ochilib, Bo‘tqaning basharasi ko‘rindi.
— Hozir chiqqan so‘takning qizi bor.
— Bek aka, unday qilmang, — dedi Chuvrindi.
— Sen aralashma. Qizini bozorga solishning qanaqa bo‘lishini bir bilib qo‘ysin! Bo‘tqa,
tushundingmi, aytganimni qil. Otarchi kelmadimi?
— Bo‘ydoq olib keldi, kutib o‘tiribdi.
— Chaqir, kirsin.
Elchin kirib salom berdi. A’yonlar unga tanish edi. Qamalmasidan ilgari bularga xizmat
qilgan, Kesakpolvon kimu Chuvrindi kim — yaxshi bilardi.
Asadbek o‘rnidan turib, bir qadam bosib qo‘lini uzatdi. Bu marhamat uncha-buncha
odamga ko‘rsatilmas edi. Bu marhamatga erishganlar muborak qo‘l havoda uzoq vaqt
muallaq qolmasligi uchun chaqqon kelib, tavof qilar darajada so‘rashar edilar. Elchinga
bu ma’lum bo‘lsa-da, shoshilmadi. Bitta-bitta bosib kelib, boshqalar kabi qo‘shqo‘llab
emas, yosh bolalarga o‘xshab bir qo‘llab so‘rashdi. Uning bu beadabligi a’yonlar
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |