www.ziyouz.com kutubxonasi
186
— Sheriklaringiz?
— Jon aka, meni qiynamang, — Tojimullaev shunday deb yig‘lamsiradi. — Otsangiz
oting, lekin menga bunaqa ayb qo‘ymang.
— Komilovni kim ishga joylagan?
— Bilmayman.
— U tez-tez kelib turarmidi?
— Yo‘q. O‘n yilcha ko‘rinmadi.
— Qaerda ekan?
— So‘raganimda, Sibirda edim, devdi.
— U yerdan nima olib keldi?
— Men bitta telpak bilan...
— Qum-chi?
— Qanaqa qum?
— Tilla qum.
— Sibirda qum nima qiladi?
— To‘g‘risini aytasizmi?
— Yolg‘on gapirsam, til tortmay o‘lay.
— Sizga qasam ta’sir qilmaydi. Tilla qumni nima qildingiz, to‘g‘risini ayting. Seyfingizning
kaliti faqat o‘zingizda turadimi?
— Ha.
— Qani? — Soliev shunday deb qo‘l uzatdi.
— Yo‘qotib qo‘yibman.
Soliev ustol tortmasidan kalit olib ko‘rsatdi:
— Shumi?
— Ha.
— Seyfni ochib tekshirdik. Ekspertiza tilla qum donalarini topdi. Bunga nima deysiz?
— Yo‘q... bilmayman... men undan bitta telpak...
— O‘rningizdan turing. Sizga ruxsat. Uyingizga boravering. Kerak bo‘lsangiz chaqiramiz.
Jon talvasasidagi qo‘zichoq bo‘g‘ziga pichoq tortilmay, oyoqlari arqon hukmidan ozod
etilgach, ajablangan holda, bir necha nafas qimir etmay yotadi. So‘ng irg‘ib turib, nari
qochadi. Tojimullaev qo‘zichoq emas, darrov turmaydi, qochmaydi. O‘sha qo‘zichoq
nigohi bilan qarab o‘tiraveradi.
— Sizga ruxsat deyapman, ketavering.
— Uygami?
— Xohlasangiz, uyingizga boring, xohlasangiz, ishingizga.
Tojimullaev bu gapga ishonqiramay o‘rnidan turdi. Ostonaga yetganida «to‘xtang,
qayting», degan zardali buyruq kutdi. Dahlizda yurib borayotganida ham, zinalarni bir-
bir bosib uchinchi qavatdan tushayotganida ham, hatto ko‘chaga chiqqanida ham
orqadan birov kelib yelkasini ushlashini, «qayting», deyishini kutdi. U o‘zicha rejalar
tuzganida bunaqa savol-javobni, muomalani, xotimani kutmagan edi. Milisalar haqidagi
kinolarda bunga o‘xshash voqeani sira ko‘rmagan edi. Qamab qo‘yishlariga, so‘roq
paytida hatto urib-tepishlariga ishonchi komil edi, ammo bunday oson qutulaman, deb
o‘ylamovdi. Ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin...
Tojimullaev chiqib ketishi bilan Zohid mayorga ajablanib qaradi. Boyatdan beri qahr
niqobida o‘tirgan Soliev kulimsiradi.
— Orqasidan odam qo‘yamiz. Agar chindan ham qo‘rqitishgan bo‘lsa, bugun-erta uni
yo‘qotishadi. Nazarimda, o‘zining bahosini sal oshirvorgan. Anavi rasm ham o‘zining ijodi
bo‘lishi kerak. Sezdingmi, u kirib kelganida xotirjam edi. Chunki biz u chizgan chiziqdan
borayotuvdik. Men chiziqlarini chalkashtirib yubordim. Buni bir-ikki kun kuzatib o‘z
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |