Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
— Tojimullaevning sal toblari yo‘q shekilli.  Kecha telefon qilib, uzrlarini aytuvdilar. 
Bugun ham ko‘rinmadilar. Uylaridan so‘rab ko‘raymi? 
— Ha. Iloji bo‘lsa, bir kelib ketsinlar, — Zohid shunday deb go‘shakni joyiga qo‘ydi. 
— Uyiga borish kerak, — dedi Soliev. 
— Hozir, bilaylik-chi? Rostdan tobi qochganmi yo ayyor kasalmikin? 
— Kasal bo‘lsa mayli-ya, u ham «chet elga» jo‘nab qolmaganmikin? 
Shu payt telefon jiringlab, ularning tusmolli suhbatlarini uzdi. Telefon go‘shagidan 
Boshliqning xavotirli ovozi eshitildi: 
— Uyda yo‘q, kecha «safarga ketdim», deb chiqqan ekan. 
— Hozir yetib boramiz. — Zohid go‘shakni joyiga qo‘ydiyu Solievga savol nazari bilan 
qaradi. 
Sarosimaga tushgan Boshliq xonasiga sig‘may, ularni ko‘chada betoqat bo‘lib kutardi. U 
salom-alikni ham unutib, yangi xabar bilan qarshiladi: 
— Kecha ertalab ishga kelganini farrosh ko‘rgan ekan. Unga ham safarga ketyapman, 
debdi. 
O‘rinbosarning qabulxonasida yoshi yetmishlarga borib qolgan ozg‘in kampir o‘tirgan edi. 
Soliev uning yonidagi bo‘sh stulga o‘tirdi. Zohid deraza tomonga o‘tdi. 
— Tojimullaevni soat nechalarda ko‘rdingiz? 
— Sekkiz bulmag‘on edi. Min ubirat etib yurg‘on edim. Kelib, Ani, chiqib turing‘iz, 
dedilar. Chiqib turdim. 
— Menga soat yetti yarimda qo‘ng‘iroq qilib, tobim yo‘q, devdi... 
Soliev Boshliqning luqmasiga e’tibor bermay farrosh bilan suhbatini davom ettirdi: 
— Ko‘rinishi qanday edi? 
— Normalniy edi. 
— Bir narsadan jahli chiqqani sezilmadimi yo shoshib turganmidi? 
Kampir biroz o‘ylandi. 
— Nemnojko nervnichat etti. Minga «Salom, Ani», dedi, i vsyo. A to, yaxshi surashar 
edi. Zdrovyamni, semyamni surar edi. 
— Ichkarida nima qildi? Masalan, temir javonni ochib-yopgani sizga eshitilmadimi? 
— Yo‘q, hich narsa ishitmadim. No‘, chig‘ib ketg‘onlaridan sungra qarasam, seyfda 
kluchlari turibdi. Min udivlyatsya ettim. Kluchni olib, ustollariga spryatat ettim. 
— Qaerga, ko‘rsating. 
Kampir turib, yozuv ustoliga aylanib o‘tib, pastdagi tortmaga qo‘l yubormoqchi 
bo‘lganida, mayor uni to‘xtatdi: 
— Ani, bo‘ldi, qo‘l urmang. Tojimullaev qaysi shaharga ketayotganini aytmadimi? 
— Vrode Buxara dedi. 
Mayor Soliev Zohidga savol nazari bilan qaradi. Zohid uning nima demoqchi bo‘lganini 
anglab, Boshliqqa imlab qo‘yib, qabulxonaga chiqdi-da: 
— Telefoningizdan foydalansam maylimi? — deb so‘radi. 
Sarosimasi bosilmagan Boshliqqa bu iltimos ulug‘ bir lutf bo‘lib tuyulib, xona eshigini 
ochib, biroz ta’zim qilgan holda «marhamat», dedi. Zohid, eshik ohistagina yopilgach, 
telefon go‘shagini ko‘tardi. Avval ekspertiza xizmatini chaqirdi. Keyin Hamdam Tolipovni 
topdi-da, aeroportga borib, Tojimullaevning qay tomonga uchganini aniqlashni topshirdi. 
O‘rinbosarning xonasiga qaytganida Soliev farroshni hamon savolga tutardi: 
— Tojimullaev qanaqa mashinada keldi, ko‘rmadingizmi? 
— Vrode taksida keldi, — farrosh shunday deb, «adashmadimmi?» deganday boshlig‘iga 
qarab qo‘ydi. 
— Xizmat mashinasini qisqartirganmiz. Taksida kelgan bo‘lishi mumkin, — dedi boshliq, 
aniqlik kiritib. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish