sahv qilmoq unga vojibdir.
VOJIBNI TARK QILISH
27-masala. Namozxon “Fotiha”ning ko‘proq qismini sahvan tark qilsa, sujudi
sahv qilmoq unga vojibdir.
Lekin “Mujtabo” kitobining qavliga ko‘ra, “Fotiha”dan bir oyatni tark qilsa ham sujudi
sahv qilmoq vojibdir va shu qavl avloroq (“Mujtabo” sohibining qavliga ko‘ra, “Fotiha”ni
to‘liq o‘qish vojibdur). Bas, “Fotiha”dan bir oyatni tark qilish bilan ham, albatta, sujudi
sahv qilmoq kerak.
28-masala. Namozxon sahvan sura zam qilishni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq
unga vojibdir.
Ya’ni “Kavsar” surasiga o‘xshash bir qisqa surani zam qilishni tark qilsa yoki “Fotiha”
bilan birga bir qisqa oyatni qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Chunki
“Fotiha” bilan birga Kalomullohdan uch qisqa oyat yoki “Oyatul kursi”ga o‘xshash bir
uzun oyatni qiroat qilmoq, bil ijmo’, namozning vojiblaridandur.
Do'stlaringiz bilan baham: |