Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Umr bo‘yi ro‘za tutmoq xususida



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet940/967
Sana11.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#344496
1   ...   936   937   938   939   940   941   942   943   ...   967
Bog'liq
Imom al-Buxoriy. Al-Jome' as-sahih. 1-jild

55-bob. Umr bo‘yi ro‘za tutmoq xususida

 

 



Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Olloh nomi birla qasam ichurmenkim, butun hayotim bo‘yi kunduzi ro‘za tutib, kechasi 

ibodat qila olg‘aydirmen!»,- dedilar. Shunda men Janob Rasulullohga: «Otam-onam 

fidoyingiz bo‘lsin, xo‘p yaxshi aytdingiz-da!» - dedim. Janob: «Sen bundoq qilmoqqa 

qodir ermassen, shuning uchun ro‘za ham tutg‘il, og‘iz ham ochg‘il, kechasi turib, ibodat 

ham aylag‘il, uxlag‘il ham! Har oyda uch kun ro‘za tutsang bo‘lg‘aydir, chunkim har bir 

qilgan yaxshilig‘ingga o‘n barobar savob tekkaydir, bu ersa, umr bo‘yi senga ro‘za 

tutganlik savobini berg‘aydir»,- dedilar. Men: «Bundan ham ko‘proq ro‘za tutmakka 

qodirmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Bir kun ro‘za tutib, ikki kun . tutmag‘il!»- 

dedilar. Men: «Bundan ko‘prog‘iga ham qurbim yetg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: 

«Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘il, Dovud payg‘ambar shundoq ro‘za tutganlar, ro‘za 

tutsang, shundoq ro‘za tutg‘il!»-dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham yaxshiroq 

ro‘za tuta olg‘aymen»,-dedim. Janob Rasululloh: «Bundan yaxshisi yo‘qdir»,- dedilar».  

 

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening uzluksiz ro‘za 




Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

392

tutmog‘imdan, tuni birla ibodat qilmogimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam xabar 



topibdirlar. O’shanda, Janob mening oldimga bir kishini yubordilarmi yokim ul kishiga 

o‘zim uchradimmi, yodimda yo‘q. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 

«Aytishlaricha, sen muttasil ro‘za tutar emishsen, tun bo‘yi uxlamay, ibodat qilar 

emishsen. Ro‘za tutg‘il, biroq vaqtida ovqatlang‘il, kechasi ibodat aylag‘il, ammo vaqtida 

uxlag‘il, chunkim, senda o‘zingning ham, ahlu ayolingning ham, ko‘zingning ham haqqi 

bordir (ko‘zingni deganlarida, «uni uyqusiz qoldirmoqqa haqqing yo‘qdir»,- 

demoqchilar)»,- dedilar. Men: «Mening bundan ham ko‘proq ibodat qilmakka quvvatim 

yetg‘aydir»,- dedim. «Undoq bo‘lsa, sen Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalarini 

tutgil!» - dedilar. Men: «Ul nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radim. «Dovud payg‘ambar, bir 

kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar, janglarda dushman birlan yuzma-yuz kelsalar 

ham, qochmas erdilar (ya’ni, «Ro‘za ul kishini zaiflashtirmas erdi»,- demoqchilar)»,- deb 

javob berdilar. Men: «Yo Rasululloh, mening dushmandan qochmaslig‘imga kim kafil 

bo‘la olur?»-dedim». 

 

Ato raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muttasil 



ro‘za tutmoq to‘g‘risida ne deganlarini bilmadim. Biroq, shuni eslarmenkim, uzluksiz 

ro‘za tutgan kishiga ro‘zaning hech qanday savobi bo‘lmag‘aydir, deb ikki marta 

takrorlagandirlar»,- deydilar. 

 


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   936   937   938   939   940   941   942   943   ...   967




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish