Ro’za bandalarning gunoh va hatolaridan, do’zax o’tidan saqlovchi qalqondir.
Ro’za dastlab payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollalloxu alayxi vasalalam Madinai Munavvaraga hijrat qilganlaridan keyin oradan bir yarim yil o’tgach- ya’ni hijratning 18 oyi, shabon oyining 10-kunida qibla Baytul maqdisdan Ka’ba tarafga o’zgarganidan keying oyda farz qilingan. Nabiy sollalloxu alayxi vassalam 9 yil ramazon ro’zasini tutganlar. Ulardan 2 tasini 30 kundan, 7 tasini esa 29 kundan tutganlar.
Arab tilidagi “sovm” (ro’za) lug’atda “o’zni tiyish” degan ma’noni bildiradi. Sha’riy isloxda esa Ramazon oyida tong otganidan to quyosh botguncha niyat bilan ovqat yemaslik, ichimlik ichmaslik, birovga yomon ko’z bilan qaramaslik, yolg’on gapirmaslik, baqir-chaqir qilmaslik “ro’za” deyiladi.
Ro’za tutish Islom dininig besh rukni, besh asosidan biridir.
Payg’ambarimiz sollalloxu alayxi vasallam;” Agar ummatim Ramazonning hislatini bilganida edi, yilning hammasi Ramazon bo’lishini orzu qilardi.
Nafsni poklashda va ahloqni saqlashda namoz va zakotdan keyin ro’za ibodati turadi. Shuning uchun ro’za nafsni poklash va ahloqni saqlashda eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Banu sulaymlik bir kishidan rivoyat qilinadiki:
“Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam “…Ro’za sabrning yarmidir”, deganlar.
Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi:
“Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam aytadilar:”Allox taolo dedi;”Odam bolasini hamma amali o’zi uchun, faqat ro’za men uchundur va uning mukofotini O’zim berurman”.
Qur’on, Islom, ro’za kabi haqiqatlardan behabar yoki haqiqatlarni tan olmay kelayotgan g’ayridin tib olimlari ham uzoq ilmiy izlanishlari va tajribalari natijasida, inson sog’-salomat bo’lishi uchun bir yilda hech bo’lmaganda bir oy o’z ixtiyori bilan och qolishi kerak degan hulosaga kelishgan.
Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi:
“Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam aytadilar:”Ramazon kelsa Jannat eshiklari ochiladi, do’zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi.” deganlar.
Saxl ibn Sa’d So’idiy roziyallohu anxudan rivoyat qilinadiki;
“Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam shundan dedilar: Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon deb ataladi. Qiyomat kuni undan faqat ro’zadorlar kiradi, boshqa hech kim kirmaydi. “ Ro’zadorlar qayerda?”deyiladi. Ro’zadorlar turadilar. U eshikdan ulardan boshqa hech kim kirmaydi. Ular kirgach eshiklar berkitiladi, (so’ng u eshikdan) boshqa hech kim kirmaydi”.
Ro’za durust bo;lishi uchun uch xil shart topilishi lozim.
Zimmaga lozim bo’lish shartlari
Bu shartlar uchtadir;
1.Islom. Musulmon bo’lmagan odamga ro’za farz bo’lmaydi. Unday odam ro’za tutsa ham, ro’zasi ibodat o’rnida o’tmaydi. Kofir odam Ramazonda Islomga kirsa, o’sha kundan boshlab ro’za tutadi.
2.Aql. Aqli yo odamga ro’za farz bo’lmaydi, chunki u mukammal emas.
3.Balog’at. Balog’atga yetmagan yosh bolalarga ro’za farz bo’lmaydi. Ramazon oyida balog’atga yetmagan o’sha kundan boshlab ro’za boshlab ro’za tutishni boshlaydilar.
Ro’zani ado etish uchun lozim shartlar.
Bu shartlar ikkitadur;
1.Sog’lom bo’lish. Bemor kishiga ro’za tutish vojib emas.
2.Muqim bo’lish. Musofirga ro’za tutish farz emas. U safardan qaytganda qazosini tutib beradi.
Ro’zaning to’liq bo’lish shartlari.
Niyat. Niyatsiz ro’za tutish durust bo’lmaydi.
Ramazon ro’zasining adosi va qazosi shar’iy kunduzning yarmidan avval niyat qilish bilan to’g’ri bo’ladi.
Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi:
“Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam aytadilar:” Kim yolg’on gapirishni va unga amal qilishni qo’ymasa Allox uning taomi va ichimligini tark etishiga muhtoj emas”, deganlar.
Ro’za tutish xarom bo’lgan kunlar mavjud.
Iydul fitr kuni, chunki bu kun hursandchilik kundur.
Shak kuni, ya’ni Ramazon kirishidan oldingi kunda ro’za tutish.
Ro’za tutsa halok bo’lishini bilaturib ro’za tutgan odamning ro’zasi.