Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari (imon-e’tiqodi va
xulqi, atvori)da go‘zal namuna bordir» (Ahzob surasi, 21-oyat);
«Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan
kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan
hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha -
bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar» (Niso surasi, 65-oyat);
«Bordi-yu biron narsa haqida talashib qolsangiz, - agar haqiqatan Allohga va
oxirat kuniga ishonsangiz, - u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz»
(ya’ni, Qur’on va sunnatga)» (Niso surasi, 59-oyat);
«Kimki payg‘ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi» (Niso surasi, 80-
oyat);
«Albatta siz (o‘zingizga tushgan vahiy yordamida) to‘g‘ri yo‘lga yetaklaysiz. U
(yo‘l) osmonlardagi va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zot - Allohning
yo‘lidir» (Sho‘ro surasi, 52-53-oyatlar);
«(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna -
Do'stlaringiz bilan baham: |