Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Yaxshi yoki yomon sunnat (yo‘l) qoldirish bayoni
Alloh taolo:
«Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga jufti halol-larimizdan va
zurriyotlarimizdan shod-hurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga
peshvo qilgin», deydigan kishilardir» (Furqon surasi, 74-oyat);
«Yana ularni Bizning amrimiz bilan (kishilarni Haq yo‘lga)
hidoyat etadigan
peshvolar qildik» (Anbiyo surasi, 73-oyat), deb aytgan.
172/1. Abu Amr Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bizlar kunning o‘rtasida
Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik. Yalang‘och, jundan to‘qilgan
kiyimlar yoki
choponlarini teshib boshlaridan
o‘tkazib olgan bir qavm keldi. Ularning aksarlari, balki barchalari Muzar qabilasidan edi.
Ulardagi muhtojlikni ko‘rib Rasululloh (s.a.v.)ning chehralari o‘zgarib ketdi.
Uylariga kirib
ketdilar. So‘ngra chiqib Bilolga (r.a.) azon va iqomat aytishni buyurdilar. Keyin namoz
o‘qib, quyidagicha xutba qildilar: «Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan
uning
juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollarni tarqatgan Rabbingizdan
qo‘rqinglar! Nomini ishlatib, bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va
qarindoshlik (aloqalari)dan qo‘rqing. Albatta Alloh ustingizdan kuzatuvchi Zotdir. Ey
imon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik
kun uchun nima qilganini
ko‘rib qo‘ysin. Kishi dinoridan, dirhamidan, kiyimidan, bir so’ bug‘doyidan, bir so’
xurmosidan, hattoki agar xurmoning yarmini berib bo‘lsa ham, sadaqa qilsin», dedilar.
Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi xaltada kumush olib keldi. Qo‘li uni ko‘tarishga
ojizlik
qilay, derdi. Balki ojiz qoldi ham. Keyin odamlar birin-ketin narsa olib kelishni
boshlashdi, hattoki ovqat va kiyimlardan ikki uyum bo‘lganini ko‘rdim. Va yana
Rasululloh (s.a.v.)ning (xursand bo‘lganlaridan) yuzlari oltin kabi yaraqlaganini ko‘rdim.
U zot: «Kimki Islomda bir yaxshi sunnat (yo‘l)
chiqarsa, savobi unga bo‘lib, yana undan
keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning savobi ham yetur. (Bu bilan amal qilganlarning)
savoblaridan biror narsa kamaytirilmaydi. Kimki Islomda yomon sunnat (yo‘l) chiqarsa,
gunohi unga bo‘lib, yana undan keyin bu yo‘l bilan amal qilganlarning gunohi ham yetur.
(Bu bilan amal qilganlarning) gunohlaridan biror narsa kamaytirilmaydi», dedil ar ».
Imom Muslim rivoyatlari.
173/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Biror
nafs zulm bilan
o‘ldirilsa, u qonning gunohida Odam bolalarining birinchisi (Qobil)ning hissasi bordir.
Chunki Qobil o‘ldirish odatini birinchi chiqargan kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: