Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
 
20-BOB 
Yaxshilikka dalolat qilish va hidoyatga yoki 
zalolatga chaqirish bayoni 
 
Alloh taolo: 
«Siz  (odamlarni ham yolg‘iz) Parvardigoringizga  (ibodat qilishga) chorlang» 
(Qasos surasi, 87-oyat); 
«(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va 
chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling» (Nahl surasi, 125-oyat); 
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2-oyat); 
«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga)  da’vat qiladigan jamoat bo‘lsin» (Oli-
Imron surasi, 104-oyat), deb aytgan. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
174/1. Abu Mas’ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Kim yaxshilikka dalolat qilsa (yo‘naltirsa), unga amal qiluvchining 
savobidek ajr yoziladi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
175/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Kim hidoyatga 
chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan 
kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi 
kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan 
biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
176/3. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) Xaybar kuni: «Ertaga bu bayroqni bir kishiga beramanki, Alloh taolo u kishining 
qo‘lida (mamlakatni) fath qiladi. U Alloh va rasulini yaxshi ko‘radi. Uni ham Alloh va 
rasuli yaxshi ko‘radi», deganlarida, kishilar u bayroqni qaysi birlariga berilishi haqida 
kechasi gaplashib chiqishdi. Qachonki, tong otganida kishilar Rasululloh (s.a.v.) 
huzurlariga yetib kelishdi. Barchalari bayroqni o‘zlariga berilishini umid qilishar edi. 
Rasululloh (s.a.v.)  «Ali ibn Abu Tolib qaerda?» deganlarida, ular: «Ey Allohning rasuli, 
uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot: «Meni uning oldiga olib boringlar», dedilar. Bas, 
u zot olib borilganida, Alining (r.a.) ko‘zlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar. 
Bas, u kishi xuddi og‘riq bo‘lmagandek tuzalib ketdilar. Va bayroq u zotga berildi. 
Shunda Ali (r.a.): «Ey Allohning rasuli, ular biz kabi (musulmon) bo‘lmagunlaricha 
urushavermaymi?» deganlarida, Rasululloh (s.a.v.)  «Sen ularning turgan joylarigacha 
oxista yurib bor. Keyin ularni Islomga chaqir. Va Allohning haqqidan vojib bo‘lgan 
narsalarning xabarini ber. Allohga qasamki, Alloh taolo sen sababli bir kishini hidoyat 
qilmog‘i qizil tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar. (Qizil tuya o‘sha paytda arablardagi 
eng qimmatbaho buyum bo‘lgan.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
177/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Aslam qabilasidan bo‘lgan bir yigit: «Ey 
Allohning rasuli, men g‘azotga (urushga) borishni xohlayman-u, lekin unga 
tayyorgarligim yo‘q», deganida, u zot: «Falonchi kishiga borgin, u urushga tayyorgarlik 
qilgan-u, ammo kasal bo‘lib qoldi», dedilar. Yigit haligi kasal kishi huzuriga borib: 
«Rasululloh (s.a.v.) senga salom yo‘lladilar va tayyorgarlik qilib qo‘ygan narsangni 
menga berishingni aytdilar», deganida, u kishi xotiniga: «Ey falonchi, men tayyorlab 
qo‘ygan narsani bu yigitga berib yubor. Undan biror narsani olib qolmagin. Allohga 
qasamki, undan biror narsa olib qolsang, baraka berilmas», dedi. Imom Muslim 
rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish