«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan mo‘min bo‘lsangizlar,
sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz (ya’ni, odamlarga bergan qarzlaringizdan
chiqadigan foydani olmangiz)!» (Baqara surasi, 278-oyat) deb aytgan.
Bu haqda mashhur sahih hadislar ko‘pdir. Yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat
qilingan 1613-raqamli hadis ham bu bobimizga taalluqlidir.
1614/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) sudxo‘rlik ila
yeyuvchini va uni yedirguvchini la’natladilar. Imom Muslim rivoyati.
Imom Termiziy va boshqalar ham bu hadisni rivoyat qilib, «Uning ustida guvoh
bo‘luvchini va yozuv-chizuv qiluvchini ham la’natladilar»ni ziyoda qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |