Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
dinidadir. Shunday bo‘lgandan keyin kim bilan do‘stlashayotganingga qara», dedilar.
Abu Dovud va Termiziylar sahih isnod ila rivoyat qilishgan.
(Buning ma’nosi xuddi o‘zbek maqolidagi «Do‘sting kimligini aytsang, o‘zingning
kimligingni aytib beraman»ga o‘xshash... - tarj.)
368/9. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishi
yaxshi ko‘rgan kishisi bilan (Qiyomat kuni) birga bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)ga «Kishi bir jamoani yaxshi
ko‘radi-da, lekin ularning martabalariga yeta olmaydi», deyilganda, Rasululloh (s.a.v.)
«Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishisi bilan birga bo‘ladi», dedilar.
369/10. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir badaviy Rasululloh (s.a.v.)dan: «Qiyomat
kuni qachon?» deb so‘raganida, u zot: «Qiyomat uchun nima tayyorlading?» dedilar.
Haligi badaviy: «Alloh va Uning rasuli muhabbatini», deb javob qildi.
Shunda Rasululloh
(s.a.v.)
«Sen (Qiyomat kuni) yaxshi ko‘rgan kishing bilan birga bo‘lasan», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Bu hadis Imom Muslimning rivoyatlaridagi lafzdir. Lekin ikkovlaridan qilingan boshqa
rivoyatda: «U kunga ko‘pgina ro‘za, namoz va sadaqa tayyorlaganim yo‘q. Lekin men
Alloh va Uning rasulini yaxshi ko‘raman», deyilgan.
370/11. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
kelib: «Ey Allohning rasuli! Kishi bir jamoani yaxshi ko‘radi-yu,
lekin ularning
martabalariga yeta olmaydi (Ibn Hibbon rivoyatlarida «ularning amalidek amal qila
olmaydi» bo‘lib kelgan)», deganida, Rasululloh (s.a.v.): «Kishi (Qiyomat kuni) yaxshi
ko‘rgani bilan birga bo‘ladi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
371/12. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Odamlar
ham tilla
va kumush konlari kabi konlardir. Ularning johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilari
hamdir. Shu shart bilanki, agar faqih (bilimdon) bo‘lishsa. Ruhlar (ruhlar olamida) son-
sanoqsiz to‘plangan lashkarlardir. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-birlari bilan
tanishgan bo‘lishsa, (bu dunyoda ham) ulfat bo‘lishadi. Qaysi ruhlar (ruhlar olamida) bir-
birlari
bilan tanisha olmay, tafriqa bo‘lib ketishgan bo‘lsa, (bu dunyoda ham) tanisha
olmay, muxolif bo‘lishadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
372/13. Usayr ibn Amrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattobning (r.a.) odatlari
agar Yaman ahlidan bo‘lgan kishilar yordam talab qilib kelishsa, «Sizlarda
Uvays ibn
Omir degan ismli kishi bormi?» deb so‘rardilar. Kunlar o‘tib Uvays kelganida Umar ibn
Xattob: «Sen Uvays ibn Omirmisan?» dedilar. U: «Ha», deb javob qildi. Umar (r.a.):
«Murod, keyin Qaran bo‘lgan qabiladanmisan?» degandilar, u: «Ha», dedi. Umar (r.a.):
«Senda peslik bor edi. U tuzalib, faqatgina tanga miqdoricha qolgan, xolos-a?» dedilar.
U: «Ha», dedi. Umar (r.a.): «Onang borlar-a?» deb so‘ragandilar, u yana: «Ha», dedi.
Shunda Umar (r.a.): «Men Rasululloh (s.a.v.)ning «Sizlarga
Uvays ibn Omir ismli kishi
Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar bilan birga keladi. U Murod, keyin
Qaran bo‘lgan qabiladan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda faqatgina dirham miqdoridagisi
qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa,
Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for
aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini eshitganman. Men uchun istig‘for ayt»,
deb
iltimos qilgandilar, u Umar (r.a.) uchun istig‘for aytdi. Umar (r.a.) unga: «Qaerga
borishni xohlaysan?» dedilar. U: «Ko‘faga», dedi. Umar (r.a.): «Senga (maosh tayinlab)
Ko‘fa hokimiga xat yozaymi?» dedilar. U: «Ko‘chmanchi (odamlar tanimaydigan) bo‘lib
yurishim men uchun yaxshiroqdir», dedi. Qachonki, kelgusi haj yili bo‘lganida Ko‘faning
ulug‘laridan biri haj ibodatini ado etgani keldi. Umar (r.a.) u ulug‘ kishi bilan ko‘rishib,
Uvays haqida so‘radilar. U ulug‘ kishi: «Uvaysni uyi eskigan, matosi oz holatda, ya’ni