Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
dedi» (Kahf surasi, 60-66-oyatlar);
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini -roziligini istab, Unga
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting» (Kahf surasi, 28-oyat), deb aytgan.
360/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin Abu Bakr
(r.a.) Umarga (r.a.): «Yurgin, xuddi Rasululloh (s.a.v.) Ummu Aymanni ziyorat
qilganlaridek, biz ham uni ziyorat qilamiz», dedilar. Keyin ikkovlari uning huzuriga
borishganida Ummu Ayman yig‘lab yubordi. Shunda ikkovlari: «Nimaga yig‘layapsan?
Rasululloh (s.a.v.)ga (bu dunyodan ko‘ra) Alloh huzuridagi
narsa yaxshi ekanini
bilmaysanmi?!» deyishganida, Ummu Ayman: «Men buning uchun yig‘lamadim. Albatta
men Alloh huzuridagi narsa Rasululloh (s.a.v.)ga yaxshi ekanini bilaman. Lekin meni
yig‘latayotgan narsa (bu zot vafot etishlari bilan) osmondan vahiy tushishi to‘xtab
qolganidir», dedi. Ummu Aymanning yig‘isi
ikkovlarini hayajonga solib, ular ham yig‘lab
yuborishdi.
Imom Muslim rivoyatlari.
361/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir kishi boshqa bir
qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Alloh taolo uning yo‘liga kuzatuvchi qilib bir farishtani
yubordi. Farishta uning oldiga kelib: «Qaerga borishni xohlaysan?» deganida,
haligi
kishi: «Mana bu qishloqdagi birodarimnikiga», dedi. Farishta: «Sening unda parvarishlab
turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi
ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan Allohning elchisiman.
Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
362/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim
biror kasalni
borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Yaxshi inson
bo‘lding, yurishing ham yaxshi bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding»,
deb nido qiladi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
363/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Yaxshi
suhbatdosh bilan yomon suhbatdoshning misoli xuddi mushk (atir) ko‘tarib yuruvchi
bilan temir bosqonini purkovchiga o‘xshaydi. Mushk ko‘tarib yuruvchiga (yaqin bo‘lsang)
yo senga mushkidan beradi yoki mushkidan sotib olasan. Yoki hech bo‘lmaganda
uning
xushbo‘y hididan senga kelib turadi. Ammo temir bosqonini purkovchisiga (yaqin
bo‘lsang) yo kiyimingni kuydirasan yoki sassiq (qo‘lansa) hidi senga kelib turadi»,
dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
364/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xotinlar to‘rt
narsaning biri uchun nikohga olinadi: mol-dunyosi, nasl-nasabi, chiroy-jamoli va din-
diyonati uchun. Sen din-diyonati uchun nikohingga olib muvaffaqiyat qozongin, ey
qo‘ling tuproqqa belangur!» dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Buning ma’nosi shuki: «Odatda, kishilar xotinlarning
mana shu xislatlarini qasd
qilishadi. Lekin seni u ayolning dindorligi ko‘proq qiziqtirsin».
365/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga:
«Bizni bundan-da ko‘proq ziyorat qilishdan sizni nima man qiladi?» deganlarida, quyidagi
oyat nozil bo‘ldi:
«(Ey Muhammad),
biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri -farmoni bilangina
Do'stlaringiz bilan baham: