www.ziyouz.com kutubxonasi
78
bilan birga safarda edim. Jarir ibn Abdulloh (yoshlari mendan katta bo‘lsa ham) menga
xizmat qilardilar. Men: «Bunday qilmang», desam, u kishi: «Ansorlar Rasululloh
(s.a.v.)ga xizmat qilganlarini ko‘rib, agar ulardan birortasiga hamroh bo‘lsam,
xizmatlarida bo‘laman, deb qasam ichib qo‘yganman», dedilar». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
43-BOB
Rasululloh (s.a.v.) oila a’zolarini hurmat qilish
hamda ularning fazilatlari haqida
Alloh taolo:
«(Ey payg‘ambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va
butunlay poklashni istaydi, xolos» (Ahzob surasi, 33-oyat);
«(Ish) shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat)
dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur» (Haj surasi, 32-oyat), degan.
346/1. Yazid ibn Hayyondan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men, Husayn ibn Sabra, Amr ibn
Muslim Zayd ibn Arqamning (r.a.) huzurlariga bordik. Qachonki, huzurlarida o‘tirsak,
Husayn bu zotga qarata: «Ey Zayd! Siz ko‘p yaxshiliklarga erishdingiz, Rasululloh
(s.a.v.) bilan ko‘rishgansiz, hadislarni o‘zlaridan eshitgansiz, u zot bilan birga g‘azotlarda
bo‘lgansiz va orqalarida namoz o‘qigansiz. Ya’ni, juda ham ko‘p yaxshiliklarga
erishgansiz. Bizga endi, ey Zayd, Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan narsalaringizdan
gapirib bering», deganlarida, bu zot: «Ey jiyanim, mening yoshim ulg‘ayib qoldi. U
paytim o‘tib ketdi. Yodlagan narsalarimning ba’zisini unutib qo‘ydim. Sizlarga gapirib
bergan narsalarimni qabul qilinglar-u, ammo aytib berolmasam, meni qiynamanglar»,
dedilar. So‘ngra: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) Makka bilan Madina oralig‘idagi Xuma
nomli suvning oldida turib Allohga hamdu sano aytib, bizga: «Ogoh bo‘ling, ey insonlar.
Men ham bir odamman. Yaqin kunlarda Rabbim elchisi (Azroil) kelsalar, men u elchining
buyruqlariga labbay, deb bu dunyodan rixlat qilaman. Sizlarga ikki ulkan narsa tashlab
ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobi Qur’oni karimdir. Unda adashganlar uchun
hidoyat va zulmatda qolganlar uchun nur bordir. Bu kitobni mahkam ushlab, unga amal
qilinglar. (Shu kuni Allohning kitobi ustida tashviq va targ‘ib qildilar.) So‘ngra ikkinchisi -
mening xonadonim haqidadir. Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman.
Men xonadonim xususida Allohni eslaringizga solaman», deb va’z-nasihat qildilar»,
dedilar. Husayn «^,: «Ey Zayd! Xonadon ahllari kim? Xonadon ahllari xotinlari
emasmi?» deganlarida, Zayd ibn Arqam: «To‘g‘ri, xotinlari xonadon ahllaridir. Lekin bu
yerdagi xonadon ahllaridan maqsad Rasululloh (s.a.v.)dan keyin sadaqadan mahrum
etilgan zotlardir», dedilar. Husayn (r.a.): «Ular kimlar?» deb so‘raganlarida, Zayd (r.a.):
«Ular Alining avlodlari, Uqaylning avlodlari, Ja’farning avlodlari, Abbosning avlodlaridir»,
dedilar. Husayn (r.a.): «Bularning barchalariga sadaqa harom qilinganmi?» deb
so‘ragandilar, Zayd (r.a.): «Ha», deb javob qildilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Ogoh bo‘linglar, men sizlarga ikki ulkan narsani tashlab
ketmoqdaman. Ularning biri Allohning kitobidir. U Allohning arqonidir. Kim unga
ergashsa, hidoyatda bo‘ladi. Kim tark qilsa, zalolatda bo‘ladi», deyilgan.
347/2. Ibn Umar (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) mavquf holatda qilgan rivoyatlarida
Abu Bakr (r.a.): «Ahli bayt xususida Rasululloh (s.a.v.)ni hurmat qilinglar», deb
aytganlar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |