30-BOB
Shafe’ (vositachi bo‘lish) bayoni
Alloh taolo:
«Kim (odamlar orasida) chiroyli - haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham
uning savobidan bir ulush tegur», deb aytgan (Niso surasi, 85-oyat).
247/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)ga biror
hojattalab kishi kelsa, atroflaridagi o‘tirganlarga yuzlanib: «Shafe’ bo‘linglar, ajr olasizlar
va Alloh O’z nabiysining tili bilan yaxshi ko‘rilgan narsani hukm qildiradi», derdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Ba’zi rivoyatlarda «Xohlagan narsasi bilan hukm qildiradi» bo‘lib kelgan.
248/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Barira va uning eri haqida keltirilgan
qissada Rasululloh (s.a.v.) Bariraga: «Agar o‘z eringga murojaat qilsang, yaxshi
bo‘lardi», deganlarida, Barira: «Ey Rasululloh, erimga qaytishni buyurasizmi?» dedi.
Rasululloh (s.a.v.) «Shafe’ (vositachi) bo‘laman, xolos», dedilar. Barira esa: «Erimga
menda hojat yo‘q», dedi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |