www.ziyouz.com kutubxonasi
58
232/10. Abu Qatoda Horis ibn Rib’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Namozga turib uzun qilishni xohlayman-da, go‘dakning yig‘isi ovozini eshitib, onasiga
mashaqqat bo‘lmasligi uchun namozimni yengil (qisqa) qilaman», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
233/11. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
bomdod namozini o‘qisa, u kishi Allohning ahdi va omonidadir. Alloh sizlarni hargiz
ahdini zoe qilgan holda topmasin. Chunki Alloh kimni ahdini zoe qilgan holda topsa, uni
yuzi ila jahannam oloviga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni, subhi
namozini va qolganlarini ham o‘qigan kishiga yomonlik qilishdan ogohlantirilyapti.)
234/12. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon musulmon
kishining birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi va birodarini dushmaniga topshirib ham
qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatida bo‘lsa, Alloh ham uning hojatida bo‘ladi. Kimki
musulmondan g‘am-tashvishni ketkazsa, Alloh taolo Qiyomat g‘am-tashvishlaridan uni
xalos etadi. Kimki musulmonning (aybini) berkitsa, Alloh taolo Qiyomat kunida uning
ham (aybini) berkitadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
235/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmon
musulmon kishining birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va
yordamsiz qo‘ymaydi. Har bir musulmonning boshqa bir musulmon obro‘siga, moliga,
qoniga tajovuz qilishi haromdir. Taqvo bu yerda (ya’ni, qalbda). Musulmon birodarini
haqir hisoblamog‘i kishining yomon shaxs ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari.
236/14. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir-birlaringizga
hasadlashmang. O’zaro narxlarni oshirib yubormang (ya’ni, sotib olish niyati yo‘q, lekin
bahosi oshishi uchun yolg‘ondan baholashmang). Bir-birlaringizga g‘azab qilmanglar
hamda orqa o‘girib munosabatlarni bo‘lmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga
savdo qilmasin. Ey Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmon bilan
aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, haqir sanamaydi va xo‘rlamaydi. Taqvo bu yerda», deb
qalblariga uch marta ishora qildilar. Yana: «Musulmon birodarini haqir sanamog‘i uning
yomon ekaniga kifoya qiladi. Har bir musulmon boshqa bir musulmonning qoni, moli va
obro‘siga tajovuz qilmog‘i haromdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
237/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’zi uchun yaxshi
ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmagunicha komil mo‘min bo‘la olmaydi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
238/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xoh zolim, xoh mazlum
bo‘lsin, birodaringga yordam ber», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli,
mazlumga-ku yordam beraman, zolimga qanday qilib yordam beraman?» dedi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.): «Zulmdan uni to‘xtatsang, ana o‘sha yordamdir», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
239/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonning
boshqa bir musulmon ustida beshta haqqi bordir: 1. Salomiga alik olish. 2. Kasal bo‘lsa,
borib ko‘rish. 3. O’lsa, janozasiga qatnashish. 4. Taom yoki biror narsaga chaqirsa,
javob berish. 5. Aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning boshqa bir
musulmon ustida oltita haqqi bordir: 1. Agar yo‘liqsa, salom beradi. 2. Agar (taom yoki
boshqa narsaga) chaqirsa, javob beradi. 3. Agar nasihat talab qilsa, u uchun nasihat
qiladi. 4. Agar aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deydi. 5. Agar kasal
bo‘lsa, borib ziyorat qiladi. 6. Agar o‘lsa, janozasida ishtirok etadi».
240/18. Abu Umora Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) yetti
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |