Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
61
isloh etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda yordamlashib qo‘yilsa yoki yukini
yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib
borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlash
ham sadaqadir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
250/2. Ummu Gulsum binti Uqba ibn Abu Ma’itdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.)
«Kishilar orasini isloh qilish maqsadida yolg‘ondan bo‘lsa ham, yaxshilikni
yetkazsa yoki yaxshilikni aytsa, u yolg‘onchi emasdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilingan: «Kishilar so‘zlaridagi biror
narsada (yolg‘on ishlatishga) ruxsat bermadilar. Faqatgina uch narsada ruxsat berdilar:
1. Urushda; 2. Kishilar orasini isloh etishda; 3. Eri xotiniga va xotini eriga (biror
kelishish yuzasidan, murosa uchun) bo‘lgan so‘zlashuvlarida».
251/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) darvoza oldida
janjallashayotganlarning ovozlarini eshitdilar. Har ikkisining ovozi baland ko‘tarilmoqda
edi. Ulardan biri ikkinchisidan bergan qarzini bir oz kamaytirishini va to‘lash muddatini
biroz cho‘zib yaxshilik qilishini iltimos qilar edi. Ikkinchisi esa: «Allohga qasamki, (sen
aytgandek) qilmayman!» der edi. Buni eshitib Rasululloh (s.a.v.)
«Yaxshilik qilmayman,
deb Alloh nomiga qasam ichuvchi qani?» deganlarida, haligi kishi: «Menman, ey
Rasululloh! Olgan qarzidan (qanchasini va qachon to‘lashni) ma’qul ko‘rsa, o‘shanda
to‘layversin!» dedi.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
252/4. Abu Abbos Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.)ga Amr ibn Avf qabilasida kelishmovchilik bo‘lgani xabari yetganida, u zot
sahobalari bilan birga ularning orasini isloh qilish uchun bordilar. Va u yerda biroz
to‘xtab qoldilar. Namoz vaqti yaqinlashib qolganida Bilol (r.a.) Abu Bakr (r.a.)
huzurlariga kelib: «Ey Abu Bakr, Rasululloh ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi.
Kishilarga imom bo‘lib berasizmi?» deganlarida, Abu Bakr (r.a.): «Agar xohlasangiz,
imom bo‘laveraman», dedilar. Bilol (r.a.) namozga iqomat aytdilar. Abu Bakr (r.a.)
oldinga o‘tib takbir aytib (quloq qoqdilar). Odamlar ham takbir aytishdi. Rasululloh
(s.a.v.) saf orasidan yurib kelib, o‘z o‘rinlarini egalladilar. Odamlar qarsak chala
boshlashdi. Abu Bakr (r.a.) esa namozda o‘girilib qaramadilar. Qachonki, kishilarning
qarsagi ko‘payib ketganidan keyin Abu Bakr (r.a.) o‘girilib qaragan edilar, Rasululloh
(s.a.v.) (safda) turibdilar. Lekin u zot (s.a.v.) Abu Bakrga (r.a.): «Davom etaver»,
dedilar. Abu Bakr (r.a.) qo‘llarini ko‘tarib Allohga hamd aytib, orqaga qaytdilar va
ko‘rdilarki, Rasululloh (s.a.v.) safda turibdilar. Rasululloh (s.a.v.) oldinga o‘tib kishilarga
namoz o‘qib berdilar. Qachonki, namozdan forig‘ bo‘lganlarida kishilarga yuzlanib: «Ey
insonlar, sizlarga nima bo‘ldiki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalasizlar?
Vaholanki, namozda biror hodisa yuz bersa, chapak chalish ayollarga xosdir. Agar
erkaklarning namozida biror hodisa yuz bersa, «Subhonalloh», deb aytsin. Chunki
«Subhonalloh», deyilganda biror kishi eshitsa, o‘girilib qaraydi. Ey Abu Bakr, sizga
ishora qilganimda kishilarga imom bo‘lib namoz o‘qib berishdan nima man qildi?»
deganlarida, Abu Bakr (r.a.):
«Ibn Abu Quhofaga (ya’ni, Abu Bakrga) Rasululloh (s.a.v.)
oldilarida kishilarga imom bo‘lib berish durust emas», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: