Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor
aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning
bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz
yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil,
(holimizga) rahm ayla. O’zing xojamizsan. Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni
g‘olib qil». (Baqara surasi, 285-286-oyatlar). Imom Muslim rivoyatlari.
18-BOB
Yangi paydo bo‘lgan bid’atlardan qaytarish bayoni
Alloh taolo:
«Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos» (Yunus surasi, 32-
oyat);
«Kitobda (ya’ni, taqdiri azal kitobida) biron narsani qo‘ymay (yozganmiz)» (An’om
surasi, 38-oyat);
«Bordi-yu biron narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va
payg‘ambariga qaytaring» (ya’ni, Qur’on va sunnatga)» (Niso surasi, 59-oyat);
Do'stlaringiz bilan baham: |