www.ziyouz.com kutubxonasi
42
«Saflaringizni barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo (qalblaringizni
ixtilofli qilib, oralaringizga g‘azab-adovatni solib qo‘yish bilan) yuzlaringizni bir-biriga
muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) saflarimizni
go‘yoki kamon o‘qlarini tergandek tekislab qo‘yardilar. Bizning tushunganimizni
ko‘rgunlaricha shunday qildilar. Keyin bir kuni (bizning huzurimizga) chiqib, (namozga
kirishish uchun) takbir aytaman, deb turganlarida, bir kishi ko‘kragini (boshqalarnikiga
qaraganda) biroz chiqarib turganini ko‘rib: «Ey Allohning bandalari, saflaringizni barobar
qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib
qo‘yadi», dedilar».
161/6. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Madinadagi bir uyda kechasi yong‘in bo‘lib,
ahllariga ham zarar yetdi. Bular haqida Rasululloh (s.a.v.)ga gapirilganida, «Bu olov
sizlarning dushmaningizdir. Agar uxlaydigan bo‘lsangizlar, uni o‘chirib qo‘yinglar», deb
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
162/7. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh men bilan
yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan yomg‘irga o‘xshaydi. U yer
yaxshi bo‘lib, suvni o‘zida qabul qilib, o‘t-o‘lan va o‘simliklarni o‘stiradi. Uning ba’zi
joylari qattiq bo‘lib, o‘zida suvni to‘playdi. Bu suv bilan Alloh insonlarni naflantiradi. U
suvdan ichib, boshqa narsalarini sug‘orib, ekinlariga ham quyadilar. Yana boshqa joylari
tekis bo‘lib, o‘zida suv to‘plamaydi hamda o‘t-o‘lan o‘stirmaydi. (Avvalgining) misoli
xuddi Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men bilan yuborgan narsa
unga manfaat berib, o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatadi. (Ikkinchisining) misoli
beparvo bo‘lib, boshini ham ko‘tarib qo‘ymagan kishiga o‘xshaydi. (Uchinchisi) menga
yuborilgan Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishiga o‘xshaydi», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
163/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men bilan sizlarning
misolingiz xuddi bir kishi o‘t yoqib tursa, chigirtka va parvonalar o‘zini unga otganida
ularni o‘tdan haydagan kishiga o‘xshaydi. Men sizlarni o‘tga tushib ketmanglar, deb
ishtonbog‘ingizdan ushlasam, sizlar bo‘lsa, qo‘limdan qochib ketasizlar», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
164/9. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) (ovqat yeb bo‘lgandan
keyin) barmoq va tovoqlarni yalamoqqa buyurdilar. Va: «Sizlar qaysi birida baraka bor
ekanligini bilmaysizlar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Muslimning boshqa rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlardan biringizning (qo‘lidan) luqmasi tushib ketsa, unga tekkan aziyatli narsani
artib, shaytonga qoldirmasdan o‘zi yesin. Va barmoqlarini sochiqqa artmasdan oldin
yalab olsin. Chunki taomining qaerida baraka borligini bilmaydi», dedilar».
Muslimning yana bir boshqa rivoyatlarida esa mana bunday deyiladi: «Shayton
kishilarning har bir ishida, xatto taomlanayotgan paytida ham hozir bo‘ladi. Agar
sizlardan biringizning (qo‘lidan) luqmasi tushib ketsa, undagi aziyatli narsani artib,
shaytonga qoldirmasdan o‘zi yesin».
165/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) bizning oramizda
turib quyidagicha va’z qildilar: «Ey insonlar, Alloh taologa yalangoyoq, yalang‘och, xatna
qilinmagan holda to‘planursizlar. Xuddi Alloh bu haqda: «Birinchi marta qanday yaratgan
bo‘lsak, (o‘sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta Biz
(shunday) qilguvchidirmiz», deb aytganiga muvofiq. Ogoh bo‘ling, xaloyiqlardan birinchi
kiyim kiygiziladigan zot Ibrohim alayhissalomdirlar. Ogoh bo‘ling, ummatimdan bir
qancha kishilar olib kelinib, chap tomonga (do‘zax tomonga) olib boriladi. Men: «Ey
Rabbim, bular mening ashoblarim-ku», desam, «Sizdan keyin nimalar paydo qilishganini
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |