Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan zikrlar



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan zikrlar 
 
Alloh taolo: 
«O’sha zot sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan 
narsalar (paydo) qildi. Toki sizlar ularning ustiga o‘rnashgaysizlar, so‘ngra unga 
o‘rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab: «Bizlarga bu (kema yoki 
ot-ulovni)  bo‘ysundirib qo‘ygan zot (ya’ni Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. 
Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz bizlar (barchamiz) 
Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar» (Zuxruf surasi, 12-14-
oyatlar), deb aytgan. 
971/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safarga chiqadigan 
bo‘lib, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra 
«Subhanallaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina 
lamunqolibun. Allohumma inna nas’aluka fiy safarina haza al-birro vattaqva va minal 
‘amali ma tarzo, Allohumma havvin ‘alayna safarana haza vatvi ‘anna bu’dahu, 
Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min 
va’sois safari va kaobatil manzari va su‘ il munqolabi fil mali val ahli val valadi», deb 
aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, 
Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-
shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu 
safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, 
bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, 
xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham O’zingdirsan. Allohim, men Sendan safar 
mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga va farzandlarga yetadigan 
ziyon-zahmatdan panoh berishingni so‘rayman».) 
Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: 
«Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamiduna». (Ma’nosi: «(Biz) qaytuvchi, tavba 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari. 
972/2. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safar 
qilsalar, «Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil munqolabi val havri 
ba’dal kavni va da’vatil mazlumi va su‘il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Allohim, men Sendan safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki 
ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum duosi va molu-mulk, oiladagi yomon 
manzaradan panoh tilayman».) Imom Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyatlari. 
973/3. Ali ibn Rabiy’adan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) otlarini mingani kelib, 
oyoqlarini ulovga qo‘yganlarida «Bismillah», dedilar. Qachonki, uning ustiga 
o‘rnashganlarida «Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn 
va inna ila robbina lamunqolibun», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Bizga bularni bo‘ysundirib 
qo‘ygan Zotga hamd bo‘lsin. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Barchamiz 
Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz».) So‘ngra uch marta «Alhamdulillah» va uch marta 
«Allohu akbar», so‘ngra «Subhanaka inniy zolamtu nafsiy fag‘firliy innahu la yag‘firuz 
zunuba illa anta», deb kulib qo‘ydilar. «Ey mo‘minlarning amiri, qaysi narsadan 
kulyapsiz?» deyilganida, u zot aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ham xuddi shu amalni qilib 
kulganlarida, «Ey Rasululloh, nima narsadan kuldingiz?», deganimda, u zot: «Albatta 
Rabbing biror banda gunohimni kechir, deb aytsa, U: «Mendan boshqasi kechira 
olmasligini biladi», deb ajablanadi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish