172-BOB
Safarda duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida
979/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Shak-shubhasiz,
uch xil duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga
qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari. Termiziy bu hadisni
hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan qilingan rivoyatda «farzandiga» degan lafz yo‘q.
173-BOB
Kishilardan yoki boshqa narsalardan xavfga tushganda
aytiladigan zikr
980/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar biror
qavmdan qo‘rqsalar, «Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min
shururihim», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, biz Seni ularga ro‘baro‘ qo‘yamiz va
Sening noming ila yomonligidan panoh tilaymiz».) Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |