Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
SALOMLASHISH KITOBI 
 
131-BOB 
Salomlashish fazilati hamda uni ommalashtirishga buyurish 
 
Alloh taolo: 
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha 
va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz» (Nur surasi, 27-oyat). 
«Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan 
muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar)» (Nur 
surasi, 61-oyat). 
«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq 
qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar» (Niso surasi, 
86-oyat). 
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar 
keldimi? O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi. U 
ham «Salom», dedi» (Vaz-zoriyat surasi, 24-25-oyatlar), deb aytgan. 
843/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohdan 
(s.a.v.)  «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni 
to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
844/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Alloh taolo Odam 
alayhissalomni xalq qilib, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, 
salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga 
va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. (Odam 
alayhissalom borib: «Assalomu alaykum», dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va 
rahmatullohi», deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar.) Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
845/3. Abu Umora Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yetti 
narsaga buyurdilar: 
1. 
Kasalni borib ko‘rmoqni; 
2. 
Janozada qatnashmoqni; 
3. 
Aksa urganga javob qaytarmoqni; 
4. 
Kuchsizga yordam bermoqni; 
5. 
Mazlumga ko‘mak bermoqni; 
6. 
Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni; 
7. 
Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
846/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Iymon 
keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha 
iymonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan 
narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
847/5. Abu Yusuf Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey 
insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan 
(kambag‘allarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz 
o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
848/6. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Abdulloh ibn 
Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning 
xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-chavoq 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl 
aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan 
bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, 
narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: 
«Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin 
otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun 
shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘liqqan 
kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) 
Rasululloh (s.a.v.) sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal 
qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» 
kitoblarida sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish