Foyda: Alloh taolo mo‘minlarga zamon fasod bo‘lganda tasalli bo‘lishi uchun mana
shunday ne’matlarni berdi. Imom Muhallabning aytishlaricha, payg‘ambarlar tushi
haqdir. Mo‘minlarni tushlari ham ko‘pincha rostdir. Chunki shayton ularni qalblaridan joy
egallay olmaydi. Kofir va fosiqlarning tushi esa ko‘pincha yolg‘ondir. Chunki shayton
ularga hukmdordir.
838/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim meni tushida
ko‘rsa, tez fursatlarda uyg‘oq holatida ham ko‘radi. Yoki uyg‘oqlikda meni ko‘ribdi.
Chunki Shayton mening qiyofamga kira olmaydi», dedilar.
Foyda: Kim Rasulullohni (s.a.v.) tushida ko‘rsa tez kunlarda o‘ngida, ya’ni Qiyomatda
ko‘radi. Bu o‘sha tush ko‘rgan kishi uchun xushxabardir. Rasulullohni (s.a.v.) faqatgina u
zotga nisbatan qalbida muhabbat va hidoyatlariga ergashganlargina tushida ko‘radi.
Albatta tushda Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rish haqdir. Bu alg‘ov-dalg‘ov tushlar sirasiga
kirmaydi. Chunki shayton inson ko‘ziga Rasululloh (s.a.v.) shakllarida ko‘rina olmaydi.
Mana shu u zotning xususiyatlaridandir.
839/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan
biringiz yaxshi tush ko‘rsa, albatta, u Alloh tomonidandir. Buning uchun Allohga hamd
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
169
aytsin. Va uni (boshqalarga) aytaversin. (Boshqa rivoyatda: «Yaxshi ko‘rgan kishisiga
so‘zlayversin»). Agar bundan boshqasi, ya’ni yomon tush ko‘rsa, u haqiqatda shayton
tomonidandir. U shaytonning yomonligidan panoh tilab, tushini hech kimga gapirmasin.
Ana shunda u zarar qilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
840/5. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Solih tush (boshqa
rivoyatda yaxshi tush) Alloh tomonidandir. Yomon tush shayton tomonidandir. Kimki
tushida yomon narsa ko‘rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin.
Chunki ana shunday qilsa, u zarar bera olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
841/6. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz tushida
yomon narsani ko‘rsa, chap tomoniga uch marta
tupursin. Va uch marta Alloh nomi ila shaytondan panoh tilasin. Hamda yotgan
tomonidan boshqa tarafga burilib yotsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
842/7. Abulasqa’ Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Yolg‘onlarning eng kattasi — kishining o‘z otasidan bo‘lak odamni o‘z otam, deb da’vo
qilmog‘i yoki o‘zi (tushida) ko‘rmagan narsani ko‘rdim, deyishi yoki Rasululloh (s.a.v.)
aytmagan narsani aytdilar, deyishidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |