130-BOB
Tush va unga taalluqli narsalar to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Uning oyatlaridan (yana biri) — kechasi va kunduzi uxlashlaringizdir» (Rum
surasi, 23-oyat), deb aytgan.
836/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Nubuvvatlikdan
hech narsa qolmaydi. Faqat bashorat beruvchi narsa qoladi, xolos», deganlarida,
sahobalar: «Bashorat beruvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda u zot: «Yaxshi tush»,
deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
837/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar oxir zamon
yaqinlashsa, mo‘minning tushi kamdan-kam yolg‘on bo‘ladi.
Va mo‘minning tushi nubuvvatning qirq olti bo‘lagidan bir qismidir», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatlarda: «Tushi rostlaringiz so‘zi rostlaringizdir», deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |