823/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Sizlardan birortangiz
zinhor bir kishini o‘rnidan turg‘izib, uning joyiga o‘tirmasin. Lekin majlisni kengaytirsin»,
deb aytdilar. Ibn Umarning (r.a.) odatlari - biror kishi o‘rnidan turib joy bersa, u yerga
o‘tirmasdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 824/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Agar sizlardan
birortangiz o‘rnidan turib, keyin yana joyiga qaytib kelsa, o‘z joyiga o‘zi haqlidir»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 825/3. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasululloh (s.a.v.)
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy